"Milan" Pentek transferi amalga oshmasa qaysi hujumchini ijaraga olishi mumkin?
17 jan 2019 15:56
Yangiliklar


"Milan" Pentek transferi amalga oshmasa qaysi hujumchini ijaraga olishi mumkin?
"CHelsi" hujumchisi Mishi Batshuayi "Milan"ga o'tishi mumkin.
Gonsalo Iguain "CHelsi" bilan kelishuvga erishganidan so'ng, milanliklar hujumchi qidirish ishlarini boshlab yuborishdi.
"Milan" "Jenoa"dan Kshishtof Pentekni sotib olish niyatida. Polshalik uchun kamida 40 million evro talab qilinmoqda.
Agar ushbu transfer ijobiy hal qilinmasa, jamoa "CHelsi"dan Batshuayini olib kelishga tayyor. Belgiyalik hujumchi mavsumning birinchi yarmini "Valensiya"da ijara asosida o'tkazdi (15 uchrashuv, 1ta gol).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar