Milan O'zbekiston terma jamoasiga gol urgan eronlik hujumchiga qiziqib qoldi
29 may 2020 12:30
Yangiliklar


Milan O'zbekiston terma jamoasiga gol urgan eronlik hujumchiga qiziqib qoldi
Milan Zenit klubi hujumchisi Serdar Azmunga qiziqib qoldi, deb xabar bermoqda Calciomercato nashri.
«Milan» Azmunning agenti Fali Ramadani bilan aloqaga chiqqan. Italiya klubi «Zenit» bilan muzokara boshlaydimi yoki yo'q hozircha nomalum. Aytishlaricha Ramadanining yozda «Milan» bosh murabbiyi bo'lishi kutilayotgan Ralf Rangnik bilan munosabatlari yaxshi.
Azmun «Zenit»ga 2019 yil fevral oyida «Rubin»dan ko'chib o'tgan edi. O'shanda transfer 12 million evroga amalga oshgandi. Bu mavsumda 25 yoshli futbolchi 21ta o'yinda maydonga tushdi va 10ta gol urdi.
2017 yil Azmun Eron terma jamoasi safida O'zbekiston terma jamoasiga gol urgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar