So’nggi yangiliklar

02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  2 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  7 01:38А Серия. Шомуродовнинг голи "Рома"га "Верона" устидан ғалабани тақдим этди  34 01:36"Насаф" "Жар"да "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 01:25Лига 1. ПСЖ яна ғалаба қозонди. Жамоа 29 ўйиндан буён мағлуб бўлмаяпти (+жадвал)   1 00:50Суперлига. "Пахтакор" йирик, "Насаф" ишончли, "Машъал" эса минимал ҳисобда ғалаба қозонди  0 00:10"Бавария" Бундеслиганинг охирги ўринларида бораётган жамоа устидан йирик ғалабани қўлга киритди  0 00:03Виталий Левченко: "Рақиб бизни мағлуб этгани йўқ, биз ўзимиз ўйинни ютқазиб қўйдик..."  11 23:30Рўзиқул Бердиев: "Ғалабага муносиб ўйин кўрсатдик, Черанга ишонишда давом этамиз"  1 23:23Педру Морейра: "Мендан хафа бўлмайсизлар, бугунги саволларингизга жавоб бера олмайман"  10 22:17Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Нефтчи"ни тор-мор этди  227 21:40"Ливерпуль" Дарвин Нуньес бўйича қарор қабул қилди  5 21:19Ла Лига. "Барселона" еттита гол урилган ўйинда камбэк эвазига "Сельта"ни мағлуб этди  139 21:08Бердиевнинг захира кучлари иш берди. "Бухоро" - "Насаф" 1:3  43

Milan Mitrovich: "Poytaxt jamoalarini mag'lub etishning hech qanday siri yo'q" Yangiliklar

Milan Mitrovich: "Poytaxt jamoalarini mag'lub etishning hech qanday siri yo'q"

Jizzaxning "Sug'diyona" jamoasi kecha o'z maydonida "Lokomotiv"ni qabul qildi va 2:1 hisobidagi g'alabani tantana qildi.

O'yin davomida juda ko'plab vaziyatlar yaratgan "temiryo'lchilar" ortga mag'lubiyat bilan qaytishga majbur bo'lishdi. "Sug'diyona"ning mahoratli posboni Milan Mitrovich jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi. SHuningdek kiper saytimiz tomonidan 18-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. Biz bu borada Mitrovichning fikrlari bilan qiziqdik. 

- "Sug'diyona" kecha o'z maydonida "Lokomotiv"ni mag'lubiyatga uchratdi. Raqib o'ziga yarasha kuchli edi. Umuman joriy mavsumda jamoa poytaxt jamoalariga etarlicha qarshilik ko'rsatmoqda. Avvalo kechagi o'yin haqida fikrlaringiz va taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

- Kecha juda qiziqarli va kurashlarga boy o'yin bo'ldi. Birinchi bo'limda biz juda yaxshi o'yin namoyish etdik, ikkinchi bo'limda esa "Lokomotiv". Hisob 2:0 bo'lib turgan paytida o'yinni hotirjam yakunlashimiz kerak edi. "Loko" esa ikkinchi bo'limda bizga muammo tug'dira oldi. Ularda gol urish uchun bir qancha qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. Lekin, biz bunga yo'l qo'ymadik. O'z maydonimizda katta g'alabani nishonlashni uddasidan chiqqanimizdan xursandman.

- Jamoa standart vaziyatlarda juda yaxshi harakat qildi va ikkita gol urdi. Bu raqibning imkoniyatlaridan kelib chiqib tanlangan uslubmi?

- "Lokomotiv" tajribali futbolchilarga ega, yaxshi shakllangan jamoa. Ikkinchi davrani yaxshi boshlashdi va uchta g'alaba, bitta durang qayd etishdi. Ularning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilar edik. Bahs ohiriga qadar ishonchni yo'qotmaslikka harakat qildik.

- Joriy mavsum siz uchun O'zbekistondagi uchinchisi hisoblanadi. SHu vaqt oralig'ida o'z muxlislaringizga ega bo'ldingiz, jamoangiz tarkibida ajoyib o'yinlar o'tkazmoqdasiz...

- O'zbekistonga 2018 yil iyun oyida kelgan edim. "Sug'diyona"ning shunchalik jonkuyar muxlislari borki, bemalol bizning 12-o'yinchimiz bo'la oladi. Ikki yildan oshiq vaqtdan beri "Sug'diyona" sharafini himoya qilib kelmoqdaman. Bu borada menda jamoaga va muxlislarga nisbatan etirozim yo'q. Ular meni har doim qo'llab-quvvatlab kelgan. Yomon o'ynagan paytlarimda ham ruhan dalda berishgan. Faqat meni emas butun jamoani. Muxlislarsiz futbol o'z jozibasini yo'qotadi, muxlislar futbolga o'ziga hos atmasfera beradi. Kecha ham ishqibozlar jamoamizni 90 daqiqa davomida tinmasdan qo'llab-quvvatlab turishdi. G'alabani ularga bag'ishlaymiz.


- O'tgan mavsumda jamoa sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borgandi. Bu mavsumdagi barqarorsizlikni sababi nimada? 

- Avvalgi mavsumga o'xshamaydigan ko'plab omillar mavjud. Koronavirus ko'p narsalarni o'zgartirib yubordi. CHempionat bahslari ikki marotaba to'xtatildi. Ayrim futbolchilar kasallika chalindi va bir nechta uchrashuvlarda bizga yordam bera olishmadi. Birinchi tanaffusdan so'ng "Paxtakor", "Lokomotiv" kabi jamoalarni mag'lubiyatga uchratdik. Hammasi yaxshi ketayotgan edi. So'ng ohirgi to'rtta tur Toshkentda o'tkazildi. O'z maydoningizda o'ynasangiz baribir boshqacha bo'ladi. Markazlashgan chempionatda ham ochkolarni ishlashga harakat qildik va turnir jadvalida o'rta pog'onaga ko'tarilib oldik. Endilikda barini boshidan boshlayapmiz. Mavsum yakuniga qadar ko'proq ochko ishlashimiz talab etiladi. Yakunda turnir jadvalida qaysi o'rinni olishimizni vaqt ko'rsatadi.

- "Sug'diyona" poytaxt jamoalaridan ochko olishni uddasidan chiqmoqda. Birinchi davrada amaldagi chempion "Paxtakor" mag'lub etildi, safarda "Lokomotiv". Buning siri nimada?

- Hech qanday siri yo'q. Kiyinish xonasida murabbiy bizga ulkan ishonch bildirayotganini takidladi. Uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik va borimizni shu o'yinga berdik. Bu juda yoqimli edi. CHunki, biz 20 yildan so'ng "Paxtakor"ni yutdik. "Paxtakor" OCHLda chorak finalga qadar etib bordi va qitaning to'rt jamoasidan biri bo'ldi. Bor gap shu.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика