So’nggi yangiliklar

08:41Н'Голо Канте навбатдаги хайрияга қўл урди  0 08:12Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  0 07:40"Пахтакор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  3 07:08U-20 ЖЧ. Финал баҳсида кутилмаган натижа қайд этилди  7 01:59ЛаЛига. Ньом 36 сонияда қизил олган баҳсда "Реал"дан ғалаба  52 01:43А Серия. "Милан" Пиолининг "Фиорентина"сини мағлуб этиб, пешқадам бўлиб олди  6 01:01Жейми Каррагер: "Ливерпуль" кучлироқ эди. МЮ фақатгина шундай тарзда "Энфилд"да ғалаба қозона олиши мумкин"  7 00:36Рубен Аморим: "Мусиқа танлашда футболчилардан кўра таъбим яхшироқ"  0 00:35​Суперлига. "Нефтчи" - ОКМК 1:0   1 00:17Арне Слот: "Чуқур ҳимояланадиган жамоага қарши ўйнаш доимо қийин"  6 23:47Харри Магуайр: "Ниҳоят "Ливерпуль"ни мағлуб қилдик, бу ёқимли"  3 23:15АПЛ. "Ливерпуль" - "Манчестер Юнайтед" учрашувидан кейинги фактлар  1 22:57Миржалол Қосимов: "Биринчи таймда оддий вазиятдаги хато бизга қимматга тушди"  9 22:45Виталий Левченко: "Биз учун ҳар бир ўйин олти очколи"  5 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Энфилд"да "Ливерпуль"ни мағлуб этди, Магуайр яна қаҳрамон!  86

Milan Mitrovich: "Maqsadlar juda jiddiy - "So'g'diyona" kuchli uchlikka kirmoqchi" Yangiliklar

Milan Mitrovich: "Maqsadlar juda jiddiy - "So'g'diyona" kuchli uchlikka kirmoqchi"

Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi joriy mavsum Superligada barqaror ishtirok etmoqda.

Jamoaning joriy yil chempionatdagi ishtiroki shunchaki zo'r. Baqoev shogirdlari hali mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda, 9ta turda 3ta durang, 6ta g'alaba.  Ulug'bek Baqoev shogirdlarining navbatdagi raqiblari AGMK, "Nasaf", "Paxtakor" va "Lokomotiv". Ayni paytda "So'g'diyona" turnir jadvalida 21 ochko bilan ikkinchi pog'onada ketmoqda. Jizzaxliklar mana shu barqarorlikni so'nggi to'rtta turda ham saqlab qola oladimi? Bu borada jamoaning serbiyalik darvozaboni Milan Mitrovichga yuzlandik. 

Mitrovich "So'g'diyona"dan ketganmidi?

"Men hech qaerga ketganim yo'q. O'tgan mavsum yakunida aniqrog'i dekabr oyida klub bilan shartnomam yakunlangandi. Tatilni o'tkazish maqsadida Serbiyaga qaytdim. Menda boshqa jamoalardan takliflar bor edi. SHu pallada "So'g'diyona"dagi agentimdan qo'ng'iroq bo'lib qoldi va men qaytdim",- deydi Mitrovich.


Nima uchun mavsum yakunidagi o'yinlarda ko'rinmay qolgandi?

"Koronavirus sabab chempionatda to'xtalishlar ko'p bo'ldi. SHuni hisobga olmaganda o'yinimni yomon, demagan bo'lardim. Bu bilan o'zimni maqtamoqchi emasman. Jamoa 2 oktyabr kuni "Lokomotiv"ga qarshi o'ynadi va biz yakunda 2:0 hisobida g'alaba qozondik. Men mazkur bahsda to'p tepganman. SHundan so'ng terma jamoa yig'ini tufayli chempionatda tanaffus yuzaga keldi. Oilamni 9 oy ko'rmaganim sababli klubdagilardan uyga borib kelish uchun ruhsat so'radim. Murabbiylar menga qaltis vaziyatda ketish xavfli ekanligini, qaytib kela olmasligimni aytishdi. Javobgarlikni zimmamga oldim. Qaytish arafasida topshirgan testim ijobiy natija berdi. Serbiyada 14 kunlik izolyaciya natijasi mavsum oxiridagi uchrashuvlarda ishtirok eta olmadim",- deydi kiper.


Mavsumni shiddatli starti va Namangandagi o'yin haqida

"CHempionat startidagi uchrashuvlarga to'xtalsam. Birinchi turda minglab muxlislar qarshisida "Navbahor"ni 1:0 hisobida mag'lub etdik. Natijada o'zimizga bo'lgan ishonch yanada ortdi. Ushbu bahs oldidan murabbiylar aniq vazifalarimizni aytishdi. Barcha o'z ishini alo darajada bajardi. Oldingi intervyularimda ham aytganman, "So'g'diyona"dagi xodimlar professional. Bu yilgi maqsadlarimiz jiddiy. Kuchli uchlikka kirishimiz kerak.  Qo'limizdan kelganicha yuqori marralar sari intilishda davom etyapmiz",- deydi Milan Mitrovich.


"Paxtakor", "Lokomotiv" va "Nasaf" bilan o'yinlarda jamoa barqaror natija ko'rsatishda davom etadimi?

"Futbolda oldindan biror narsa, deb bo'lmaydi. O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'ini munosabati bilan yuzaga kelgan tanaffus sabab bir necha kun hordiq chiqardik. O'tgan uchrashuvlarda ketgan quvvatni to'ldirdik. Ayni paytda chempionatning qolgan o'yinlariga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Futbolda g'alaba, mag'lubiyat va durang birga yuradi. Gohida mag'lubiyatga uchrasak ham, kuchli bo'lib qaytib harakatda davom etishimiz zarur. Bo'lajak uchrashuvlarda bor kuchimiz bilan to'p tepamiz",- deydi Mitrovich.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика