

Ma'lumotlarga ko'ra, rossonerlar fransiyalik futbolchi bilan to'laqonli shartnoma imzolamay, uni "Chelsi"ga qaytarishga qaror qilishdi.
Oldinroq Italiya klubi Bakayoko bilan bitim tuzmoqchi ekanligi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.
Fransiyalik joriy mavsum startidan oldin ijara asosida "Milan"ga o'tgandi. U A Seriyaning 28ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.



