

"Nant" bilan o'yindan so'ng PSJ Yevropaning top-5 ligalarida safarda ketma-ket 39 ta o'yinda mag'lub bo'lmagan holda yangi rekord o'rnatdi. Ushbu davr mobaynida parijliklar 30 ta o'yinda g'alaba qozonib, 9 ta uchrashuvda durang qayd etdi.
Avvalgi rekord esa "Milan" jamoasiga tegishli edi - ular 1991 yildan 1993 yilgacha safarda 38 o'yinda mag'lub bo'lmagan edi.



