"Milan" kimlar bilan shartnoma imzolaydi?
27 iyu 2023 13:03
Yangiliklar
"Milan" "CHelsi" bilan yarim himoyachi Ruben Loftus-CHikni sotib olish borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "rossoneri" futbolchi uchun 16 mln evro to'laydi. Yana 4 mlnni "ko'klar" bonus sifatida olishi mumkin.
Qolaversa, "qizil-qoralar" 2 nafar erkin agent bilan shartnoma imzolashiga bir qadam qoldi. Bular darvozabon Marko Sportello ("Atalanta") va vinger Luka Romero ("Lacio").
Lekin bu hammasi emas. "Milan", shuningdek, vinger Kristian Pulishich borasida "CHelsi" bilan muzokaralar olib bormoqda. Muzokaralar faol davom etyapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
"Супер олтин тўп" 2029 йилда топширилиши мумкин
Fikrlar