"Milan" jamoa bazasini yopib qo'ydi
01 may 2019 19:33
Yangiliklar


"Milan" jamoa bazasini yopib qo'ydi
"Milan" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo "Bolonya" bilan o'yinga qadar jamoa mashg'ulot o'tkazadigan bazani yopiib qo'ydi.
41 yoshli mutaxassis bu qarorga kelisha asosiy sabab yarim himoyachi Temue Bakayokoning bugungi mashg'ulotga 1 soat kechga qolganligi keltirib o'tilgan.
SHu tariqa "rossonerilar" futbolchilari payshanba kunidan boshlab 5 kun jamoa bazasini tark etmaydi. Bu haqda "Milan"ning texnik direktori bo'lgan Leonardo xabar berdi.Bazi futbolchilar Gattuzoning bu fikridan qaytarmoqchi bo'lishdi, ammo Jennaro o'z so'zida qatiy turib oldi. Bakayokoni jiddiy jarima kutmoqda.
"Milan" – "Bolonya" uchrashuvi 6 may kuni o'tkaziladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 23:30da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar