"Milan" Ispaniya terma jamoasi o'yinchisi bilan kelishuvga erishdi
17 jan 2020 16:52
Yangiliklar


"Milan" Ispaniya terma jamoasi o'yinchisi bilan kelishuvga erishdi
Zagrebning "Dinamo" jamoasi yarim himoyachisi Dani Olmo "Milan"ga o'tishga yaqin.
"Rossonerilar" o'yinchi uchun 20 million evro + 5 million evro bonus ko'rinishidagi mablag'ni to'lashadi.
"Dinamo" shuningdek 21 yoshli ispaniyalik o'yinchining keyingi sotuvidan 5 million evro oladi.
Olmoning o'zi esa Italiya klubi bilan 5 yilga shartnoma imzolaydi. Uning maoshi bir mavsum uchun 2,5 million evroni tashkil etadi.
Eslatib o'tamiz, Olmo "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2019 yildan buyon Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar