"Milan" Ibragimovich sabab MYU futbolchisining transferidan voz kechdi
30 dek 2019 11:35
Yangiliklar


"Milan" Ibragimovich sabab MYU futbolchisining transferidan voz kechdi
"Milan" rahbariyati MYU yarim himoyachisi Nemanya Matichning transferini amalga oshirmaydigan bo'ldi.
Serbiyalik futbolchi Zlatan Ibragimovichning transferiga qadar klub qiziqishlariga sabab bo'layotgan edi.
Endi jamoa pulni tejamoqchi. Bundan tashqari, klub Matichni bir necha yillar davomida "Milan" etakchisi bo'lishiga ishonmayapti.
31 yoshli yarim himoyachi qishda "Manchester Yunayted"dan ketishi kutilmoqda.
"Qizil iblislar" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher Matichni asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko'rmayapti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar