"Milan" himoyachisini Turkiyaga sotdi
09 iyu 2022 18:47
Yangiliklar
"Milan" himoyachisini Turkiyaga sotdi
"Milan" markaziy himoyachisi Leo Duarte "qizil-qoralar" safini tark etdi.
Milan klubi matbuot xizmati xabariga ko'ra, 25 yoshli braziliyalik faoliyatini "Istanbul Bashakshexir" klubida davom ettiradi.
Turkiyaliklar Duartening huquqini 2 mln evroga xarid qilishdi. Leo bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzolandi.
Eslatib o'tamiz, himoyachi bunga qadar 1,5 mavsum davomida ijara asosida "Istanbul"da o'ynadi.
Leo Duarte o'tgan mavsum Turkiya Superligasi doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushdi.
Fikrlar