"Milan" himoyachisi klub bilan shartnomani uzaytirmoqchi
22 mar 19:18
Yangiliklar
"Milan" himoyachisi Simon Ker klub bilan shartnomasini uzaytirish istagi borligini malum qildi.
"Milan"da qolishdan baxtiyor bo'lardim. Saudiya Arabistonidan kelgan foydali taklifni rad etdim", – dedi futbolchi.
34 yoshli markaziy himoyachi ushbu mavsum barcha musobaqalarda 22 ta o'yinda qatnashib, 1 ta golli pas uzatdi. Uning "rossoneri" bilan kelishuvi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Fikrlar