"Milan" Getce bilan shartnoma imzolamoqchi

Mirjalol Normatov
24 may 2020, 15:42
Dortmundning "Borussiya"si futbolchisi Mario Getce faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

"Football Italia" xabariga ko'ra, "Milan" 27 yoshli xavbekning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bunga qadar ham milanliklar bir necha bora shartnoma imzolashga harakat qilib ko'rgandi.

Oldinroq dortmundliklar rasmiy ravishda Getcening ketishini e'lon qilgandi.

Ushbu mavsumda Getce Bundesliganing 14 o'yinida 3 gol urgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia