"Milan" futbolchilari bilan yangi shartnoma imzolashiga ishonmoqda
17 noy 2022 11:13
Yangiliklar
"Milan" futbolchilari bilan yangi shartnoma imzolashiga ishonmoqda
Italyan klubi azolari Rafael Leau va Ismael Bennaser bilan bitim muddatini uzaytirishiga optimistik munosabat bildirmoqda.
Ikkala futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yil yozida nihoyasiga etishi ko'zda tutilgan. "Rossoneri" hozirda ushbu kelishuvlarni klub uchun eng ustuvor vazifa, deb hisoblaydi.
Bennaser yaqin orada 5 yilga mo'ljallangan yangi kelishuvni imzolashi kutilmoqda. U Milan klubida yiliga 3 mln evro ishlab topadi.
Leau borasida esa yaqin kunlarda hech qanday uchrashuv rejalashtirilmagan. Portugaliya terma jamoasi azosi agenti bilan telefon orqali muloqot qilinadi va bu orqali yiliga 6 mln evrodan oshmaydigan kelishuvga erishishga umid qilinadi.
Fikrlar