"Milan" etakchisiga Bundesliganing 3 klubi xaridor bo'lmoqda
26 iyu 2020 10:17
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/583247_original.jpg)
![](/upload/storage/583247_220.jpg)
"Milan" etakchisiga Bundesliganing 3 klubi xaridor bo'lmoqda
"Milan" vingeri Xoqon CHalxanoglu Germaniya klublari qiziqishlari doirasiga tushib qolgan.
"Calciomercato" xabariga ko'ra, futbolchini "Leypcig", "SHalke" va "Gerta" kabi klublar kuzatishmoqda. Biroq "Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli kelasi mavsum oldidan jamoa etakchilari bilan xayrlashmoqchi emas. U rahbariyatga futbolchini saqlab qolish kerakligini aytgan.
CHalxanoglu ushbu mavsumda barcha turnirlarda 36 o'yinda qatnashib, 10 gol va 8 assist qayd etdi. Uning milanliklar bilan shartnomasi yana bir mavsum amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar