"Milan" "Chelsi" futbolchisini ijaraga oladi

Aslanov Jasurbek
13 avg 2018, 07:20
"Chelsi" yarim himoyachisi Temue Bakayoko faoliyatini "Milan"da davom ettiradi.

23 yoshli futbolchi ijara asosida Jennaro Gattuzo jamoasiga o'tadi. Milan shahri klubi ushbu ijara uchun inglizlarga 5 mln. evro to'laydi va kelishuv muddati oxirida futbolchini 35 mln. evroga sotib olish huquqiga ega bo'ladi. Bakayoko bugun (13 avgust kuni) Italiyada tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Temue Bakayoko 2017 yilning yozida "Monako"dan "Chelsi"ga o'tgan edi. Yarim himoyachi so'nggi mavsum London jamoasida 29ta o'yin o'tkazib, 2ta gol urdi va shuncha golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia