"Sevilya" "Chelsi" futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
6 may 2020, 16:33
"Chelsi" yarim himoyachisi Temua Bakayoko yozgi transferlar oynasida APLni La Ligaga almashtirishi mumkin.

25 yoshli francuz futbolchisining xizmatlariga "Sevilya" klubi qiziqish bildirmoqda. Andalusiya klubi Bakayoko uchun 5 million evrolik ijara puli va to'laqonli transfer uchun 30 million taklif qilmoqda.

Futbolchi joriy mavsumni ijara asosida "Monako"da o'tkazmoqda. Bakayoko Fransiya jamoasida 23ta o'yinda madyonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Estadio Deportivo