Bakayoko: "Muxlislarning "Monako"dan ko'ngli qolayotganini tushunsa bo'ladi"

Mirjalol Normatov
22 sen 2019, 14:43
"Monako" yarim himoyachisi Temua Bakayoko chempionat doirasida "Reyms" bilan o'ynalgan nursiz durangdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Oldingilariga qaraganda yaxshiroq o'yin namoyish qilgandik. Asosiysi gol o'tkazib yubormadik. Muxlislarning "Monako"dan ko'ngli qolayotganini tushunsa bo'ladi, shu boisdan biz bir maqsad yo'lida birlashyapmiz. Bu yerda gap ruhiy holatda emas. Biz yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalana olmayapmiz. Murabbiyning aybi yo'q. Biz kerakli vaziyatlarda ishonchli o'yin ko'rsata olmayapmiz", - dedi Bakayoko.

"Monegask"lar dastlabki 6 turda 3 ochko jamg'arishdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal