"Milan" Bakayokoning ijarasini muddatidan oldin to'xtatmoqchi
22 apr 2022 13:18
Yangiliklar


"Milan" Bakayokoning ijarasini muddatidan oldin to'xtatmoqchi
Yarim himoyachi Temue Bakayoko "Milan"ni rejalashtirilgan muddatdan bir yil erta tark etishi mumkin.
27 yoshli futbolchi "CHelsi"ga tegishli. U o'tgan yilning avgustida "Milan"ga ikki yillik ijara asosida o'tgandi. "Rossoneri"da o'yinchini xarid qilish huquqi ham bor.
Ammo, "Milan" Bakayokoni nafaqat xarid qilishni rejalashtirmayapti, balki uni joriy mavsum so'nggida "CHelsi"ga qaytarmoqchi - bitimda ko'rsatilganidan bir yil erta.
Bakayoko "Milan" tarkibida barcha musobaqalarda 17ta o'yinda maydonga tushdi. Uning ijarasi klubga 2 mln evroga tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar