"Milan" asosiy hujumchisi bilan kelishuvni uzaytirmoqchi
31 okt 2021 20:36
Yangiliklar
"Milan" asosiy hujumchisi bilan kelishuvni uzaytirmoqchi
"Milan" portugaliyalik forvard Rafael Leau bilan shartnomani uzaytirish istagida.
Manbaga ko'ra, Italiya klubi hujumchiga 2026 yilgacha mo'ljallangan yangi kelishuv tayyorlamoqda. SHu bilan birga, milanliklar yanvarda futbolchini sotishni o'ylab ham ko'rishmaydi.
22 yoshli Leau joriy mavsumda "Milan" safida 13 o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikrlar