So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  2 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Mikael Sekeyra: "Tantashev - O'zbekistonning eng yaxshi hakamlaridan biri" Yangiliklar

Mikael Sekeyra: "Tantashev - O'zbekistonning eng yaxshi hakamlaridan biri"

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Mikael Sekeyra Coca Cola Superligasining 21-turi doirasida "Metallurg" ustidan irodali g'alabasidan keyingi fikrlarini bildirdi.

- "Lokomotiv"dan ajoyib o'yin bo'ldi. Bir soat davomida 10 kishi bo'lib o'ynadik. Ammo bu o'yin davomida sezilmadi. Pressingda o'ynashga harakat qildik. Hujumda 10 kishi bo'lib o'ynagan bo'lsak, himoyada ham shunday bo'lishga harakat qildik. Futbolchilarimdan irodali o'yin bo'ldi. Umuman olganda bosimga boy, yaxshi o'yin o'tdi. "Metallurg" tarkibida ham yaxshi futbolchilar juda ko'p. Azizning golida butun bir jamoa chiroyli o'ynadi. Biz juda xursandmiz. "Lokomotiv" muxlislari, xodimlari, barcha ushbu g'alabadan xursand bo'ldi. Adolatli g'alabaga erishdik. Ushbu o'yin orqali biz nafaqat uch ochko oldik, balki, kelajakka katta ishonch bilan qaray boshlayapmiz.

- Bir xil vaziyat. Abdujalilovga berilgan qizil kartochka Vaginga ham berilishi kerak edi. Bunga nima deya olasiz?
- Bu haqida hech nima demayman. Ushbu hakamni oldin ham aytganman, O'zbekistondagi eng yaxshi hakam. U doimo xotirjam ishlaydi. Bu vaziyat uchun etirozim yo'q.

- Kecha "Loko"ning yoshlar jamoasi ham g'alabaga erishdi. Umuman olganda yoshlar tarkibidan kimlarni asosiy tarkibda o'ynatsa bo'ladi?
- Yoshlar jamoamiz tarkibida ham yaxshi futbolchilar bor. Ular doimo biz bilan birga mashg'ulot olib boradi. Faqat hamma o'z vaqtini kutishi kerak. "Lokomotiv" yoshlar tarkibidan ham ko'plab zo'r futbolchilar chiqadi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика