So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  4 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  51 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Mikael Sekeyra: "Jamoam yaxshi o'yin ko'rsatdi, faqat omad etishmadi" Yangiliklar

Mikael Sekeyra: "Jamoam yaxshi o'yin ko'rsatdi, faqat omad etishmadi"

Superliganing sakkizinchi turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Metallurg" (1:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiy Mikaelb Sekeyra fikrlarini bildirib o'tdi.





"Jamoam juda yaxshi o'yin ko'rsatdi, deya olaman. Har bir futbolchi o'z vazifasini bajardi. Ozgina omad etishmadi. Alamli mag'lubiyatga uchradik. Gol urish uchun ko'plab imkoniyatlarimiz bo'ldi. Kerakli pallada vaziyatlarni golga aylantira olmadik. "Metallurg" o'z imkoniyatlaridan foydalandi. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. Futbolchilar birinchi bo'limda ko'rsatmalarni aniq bajarishdi. Uch ochko yo'qotganimiz ranjitishi tabiiy. SHunga qaramasdan, navbatdagi bahsga qadar shogirdlarimning ruhiyatini ko'tarishga harakat qilaman", – Mikael Sekeyra.

- Klubning jamoa oldida maosh borasida 3-4 oylik qarzi borligi haqida eshitdik. Bunga aniqlik kirita olasizmi?

- Oylik maosh borasida hech qanday muammolarimiz yo'q. Jamoada hamma narsa etarli. 

- "Metallurg" 5 ta o'yindan beri "Lokomotiv"ga mag'lub bo'layotgani yo'q. Qaysidir manoda sizlar uchun noqulay raqib edi...

- Bundan xabarim yo'q edi. Omad bizga emas, raqibga kulib boqdi. 

- Himoyada muammolar borligi ko'rinib turibdi. SHuningdek, raqib jarima maydonchasiga kelganda bitta aniq zarba bilan to'pni darvozaga yo'llaydigan futbolchi topilmadi. Omaddan tashqari mag'lubiyatga yana nima sabab bo'ldi?

- Bugun gol urish uchun ko'plab vaziyatlar yaratdik. Bu – futbol. 

- Portugaliya nashriga bergan intervyungizda o'zbek futboliga moslashishga qiynaldim, dedingiz. O'zimning asosiy futbolchimni topish qiyin kechdi, deya fikr bildirgansiz. O'yinni qaysi futbolchi atrofida qurishga harakat qilmoqdasiz?

- Men qaysidir futbolchini aytmaganman. Jamoani kuchaytrish haqida gap ketmoqda. 8 ta o'yinda mag'lubiyatga uchramadik. Bu futbolda bo'ladigan holat. Biz o'yindan keyin barchasini esdan chiqaramiz va odatdagidek, navbatdagi bahsga tayyorgarlik ko'ramiz.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика