Mikael Sekeyra: "Aziz Amonov gol urgan vaziyatda ofsayd yo'q edi deb hisoblaymiz"
20 avg 2021 22:11
Yangiliklar
Mikael Sekeyra: "Aziz Amonov gol urgan vaziyatda ofsayd yo'q edi deb hisoblaymiz"
Coca Cola O'zbekiston Kubogi 1/8 finalida "So'g'diyona"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Mikael Sekeyra o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Birinchi bo'limda jamoamiz o'zining yaxshi tomonlarini ko'rsata oldi. Dastlabki 10 daqiqalikda "So'g'diyona" yaxshi harakat qildi. 15-20 daqiqadan keyin o'z o'yinimizni topib oldik va raqibdan ko'ra yaxshiroq harakat qilayotgandik. Hisoblanmagan golimiz bo'lgan vaziyatda ofsayd bo'lmagan edi deb hisoblaymiz. Ikkinchi bo'limning 20 daqiqaligida ham yomon o'yin ko'rsatmadik. Penalti ham tepdik. Bo'lib turadi. Huddi o'tgan o'yindagi kabi so'nggi daqiqada etiborni yo'qotdik.
Futbolchilarimdan xursandman. Ular g'alaba uchun qo'lidan kelganicha harakat qildi. Mehnati uchun futbolchilarimga minnatdorlik bildiraman. "So'g'diyona"ni g'alaba bilan tabriklayman.
O’xshash yangiliklar
14:30
Ravshan Haydarov: "Yosh tarkib bilan ishtirok etishimizga qaramay, men jamoamizga ishonaman" 4
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar