So’nggi yangiliklar

22:20Расман: Раҳим Стерлинг - "Фейеноорд" футболчиси!  1 21:59"Пахтакор" кундаги иккинчи назорат ўйинида дуранг қайд этди  0 21:48"Навбаҳор" Қозоғистоннинг "Актобе" жамоасига қарши назорат ўйинини ўтказди. Нани майдонга тушдими?  0 21:15"Локомотив" Анталияда Грузия жамоасига мағлуб бўлди  0 20:55Майдон ташқарисидаги "Эл Класико": "Реал" ва "Барселона" бир ҳимоячига қизиқмоқда  0 20:31Гвардиола ёзда кетадими? Романо жавоб берди  11 20:04"Барселона" ҳимоячиси 1 йилдан ортиқ вақт депрессия билан курашганини айтди  0 19:37Садриддин Абдуллаев: "Локомотив" — янги жамоа. Ичимдаги "футболчи" ҳиссини енгиб ўта олдим"  1 19:11Сэр Жим Рэтклифф ўз баёноти юзасидан изоҳ берди  1 18:49"Пахтакор" Украина жамоасига мағлуб бўлди  24 18:28Мураббий янги, лекин муаммолар эскилигича қолмоқда  13 18:02САфарда ОКМК ўйинида. Нодир Абдураззоқов ва Миржамол Қосимов "Ротор" билан баҳсдан кейин нимлар дейишди?   1 18:00Деку: "Мен "Барселона"га Лапортанинг қайта қуриш ҳақидаги лойиҳасига ишониб келганман"  2 17:33"Реал", "Ливерпуль" ва "Челси" "Борнмут" ҳужумчисини кузатмоқда  1 17:07Темурхўжа Абдухолиқов: "Ёши ўтиб қолди дейишмоқда, аммо..."  1

Migel Rodrigo: “Bugun muxlislarga spektakl namoyish etamiz” Yangiliklar

Migel Rodrigo: “Bugun muxlislarga spektakl namoyish etamiz”

Teglar :  Migel RodrigoFutzal
Bugun “D” guruhida Yaponiya terma jamoasi Malayziyaga qarshi 2–tur uchrashuvini o'tkazadi. Biz Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi bilan uchrashib o'yin oldidan intervyu oldik.

- Qatar terma jamoasiga qarshi bahsda kichik hisobda g'alaba qozondinglar. Ushbu uchrashuvdan so'ng shogirdlaringiz ko'rsatgan o'yindan qoniqish hosil qildingizmi?
- Qatar terma jamoasiga  qarshi o'yinda etiborimizni ko'proq himoya chizig'imizga qaratdik. Raqiblar darvozamizga ikki bor xavfli zarba yo'lladi, biz ularga hech qanday imkoniyat qoldirmadik. Ushbu o'yindag'alaba qozongan bo'lsak ham shogirdlarim ko'rsatkan o'yindan qoniqish hosil qilmadim.

- Bugun Malayziya terma jamoasiga qarshi 2 – turni o'tkazasizlar. Ushbu jamoani o'rganib chiqtinglarmi, o'yin uslubi Qatar terma jamoasiga o'xshashmi?

- Malayziya bilan Qatar terma jamoalari bir biriga o'xshamagan raqiblar. Oldingi uchrashuvda Qatar ko'proq himoyaviy o'yin namoyish etdi. To'p qatarlik futzalchilarga tushib qolsa hoxlagan tomoniga qarab tepishdi. Malayziya ulardan ancha farq qiladi. Menimcha bugungi uchrashuvda Malayziya terma jamoasi ochiq o'yin namoyish etadi. Ular ko'proq pressingda o'ynaydi. Biz esa qarshi hujumda gol urishni rejalashtirganmiz. Malayziya terma jamoasi bilan 6 yil avval to'qnash kelganmiz. O'sha uchrashuvda (6:5) hisobida g'alabaga erishgandik. Keyingi bahsda esa (7:1) hisobida Malayziya terma jamoasini mag'lub etganmiz. Bugungi o'yinda muxlislar uchun “spektakl” namoyish etamiz (kuladi). Ularning o'yin uslabu bizniki bilan deyarli bir xil. CHunki ularning ham murabbiyi ispaniyalik. Raqiblarimiz pressing qo'llaganda biz ko'proq ikkinchi qavatda o'ynaymiz.

- O'zbekiston terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga chiqgansizlar. Ikki uchrashuv natijasiga ko'ra bir durang va bir g'alaba qozongansizlar. O'zbekiston terma jamoasini hozirgi xolati qay darajada deb o'ylaysiz?

- Bundan bir necha oy odin O'zbekiston terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazganmiz. Birinchi o'yinda (3:0) hisobida g'alaba qozondik. Ikkinchi bahsda esa durang natija qayd etdik. O'zbekiston juda kuchli terma jamoa. Meni fikrimcha biz albatta ushbu terma jamoa bilan finalda yana bir bor to'qnash kelamiz.

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика