Miftaxuddinov "Astana"da ishlaydi, klubning maqsadi Evropa ligasi guruh bosqichiga chiqish
30 noy 2013 18:53
Yangiliklar

Miftaxuddinov "Astana"da ishlaydi, klubning maqsadi Evropa ligasi guruh bosqichiga chiqish
Kuni kecha Qozog'istonning "Astana" klubiga o'zbekistonlik murabbiy Vadim Abramov tayinlangani haqida xabar bergandik.
Taxmin qilinganidek Marat Miftaxuddinov "Astana"da Abramovning yordamchisi bo'lib ishlaydi. Bu haqda muxbirimiz Kamoliddin Alimov xabar berdi.
Klub 9 dekabr kuni yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi. Abramovning jamoaga kelishi mumkin bo'lgan futbolchilarning kengaytirilgan ro'yxatida o'zbekistonliklar ham bor. Bu haqda murabbiyning o'zi muxbirimizga aytib o'tgan.
Keyingi yozda Evropa ligasi saralashida ishtirok etadigan "Astana"ning maqsadi musobaqaning guruh bosqichiga yo'l olish ekan.

Fikrlar