So’nggi yangiliklar

18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  0 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  4 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  22 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 16:56U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди  56 16:36"Бухоро" "Навбаҳор" билан ўйинни уйида ўтказади  2 16:15МТЖ дарвозабонлар мураббийи: "Кападзенинг шартномасини билмайман, аммо мураббийлар штабининг шартномаси ЖЧ-2026 якунига қадар амал қилади"  5 15:47Эрон терма жамоаси мураббийи: "Бош ҳакамнинг қарорлари фақат Эрон зарарига бўлди. Қирғизистон ҳам ҳакамдан жабр кўрганди"  24 15:19Меҳди Тареми: "Ёмон воқеалардан сабоқ олиш сизни ривожлантиради"  14 14:51Тонали Гаттузо ҳақида: "У менга айтган ҳамма нарсани қадрлайман"  2 14:23Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум  0 13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  2 13:11Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди  3

O'zbekiston ayollar MTJ bosh murabbiyi Midori Xonda: "Avstraliya charter reys orqali uchadi. Bizda esa charter reys yo'q" Yangiliklar

O'zbekiston ayollar MTJ bosh murabbiyi Midori Xonda: "Avstraliya charter reys orqali uchadi. Bizda esa charter reys yo'q"

Ayollar futboli bo'yicha Parij Olimpiadasi yakuniy saralash bosqichidan o'rin olgan O'zbekiston - Avstraliya o'yini oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Midori Xonda va futbolchi Lyudmila Karachik ishtirok etishdi

- Ertangi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?

- Avvalambor barchaga assalomu aleykum. Biz mana shu, bosqichga qadar etib kelganimiz kutilmagan natija emas. Biz bunga etarlicha tayyorgarlik olib bordik. Yig'inlar davomida bor kuchimizni ishga solib mashg'ulotlar o'tkazdik va ertangi o'yinga yaxshi tayyorgarlik olib bordik. Ertaga chiroyli o'yin ko'rsatamiz deb o'ylayman.

- Avstraliya terma jamoasi ayrim bir muammolar sababli bugun kechasi Toshkentga etib keladi. Avstraliyaning kech qolishi bizga ustunlik beradimi?

- Ha, ushbu jihat o'yinga tasir o'tkazadi. SHuningdek, bizning futbolchilarimiz yaxshi jismoniy holatda va biz uyda o'ynayotganimiz sababli bizda kichik ustunlik bor.

- Bundan bir bosqich avvalgi saralash bahslarida Yaponiyaga qarshi o'yin o'tkazgan edik. Avstraliya ham Yaponiya kabi top terma jamoa hisoblanadi. O'sha uchrashuvda biz deyarli hujum qilmagan va faqat himoyalangan edik. Ertangi bo'lib o'tadigan uchrashuvda ham shunday scenariy takrorlanishi mumkinmi?

- O'sha uchrashuvda asosan himoyalangan edik, ammo bir nechta xavfli vaziyat yaratgan edik. Karachik kabi individual mahorati kuchli futbolchilarimiz bor va ular hujumda faol bo'lishadi degan umiddaman.

- Midori xonim siz Yaponiyaliksiz va Yaponiyada ayollar futboli juda rivojlangan. Avstraliya ham ayollar futbolida eng kuchli terma jamoalardan biri. Avstraliya va Yaponiya kabi kuchli terma jamoalar bilan o'zimizning darajamizning solishtirsak oradagi farq qanchalik katta? Biz nima sababdan ulardan ortdamiz?

- O'zimning vatanim Yaponiyani misol qilib keltiraman. Yaponiyada 5000 nafar ayollar futbolchilar bor, O'zbekistonda esa ularning soni uzog'i bilan 500 nafar. Farqimiz shunda.

- Biz dastlabki bahsni o'yda o'tkazishimiz bizga ustunlik beradimi? Sababi Avstraliya ikki marta uzoq reys bajaradi. Biz esa faqatgina Avstraliyaga uchib borsak bo'ldi.

- Menimcha yo'q, sababi ular charter reys orqali uchishadi. Bizda esa charter reys yo'q.

 Lyudmila Karachik

- Lyudmila, ertangi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz.

- Ertaga muhim uchrashuvimiz bor. Ob-havo sharoitlariga qaramasdan yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Ertangi uchrashuvga tayyormiz.

- Kuchli Avstraliyaga qarshi himoyamiz qanchalik mustahkam deb o'ylaysiz?

- Biz o'yda o'ynaymiz va bu shubhasiz bizga yordam beradi. Biz ertangi uchrashuvga tayyormiz.




Ertaga Toshkentda "Liverpul", "Arsenal", "Manchester Siti", "Lion" va "Real Madrid" futbolchilari maydonga tushishadi         

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика