O'FA terma jamoada faoliyat olib borgan xorijlik mutaxassislar bilan xayrlashdi

Omonjon To`xtamirzayev
2 apr 2024
O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Midori Xonda va darvozabonlar murabbiyi Takaya Tsutsumi bilan tuzilgan shartnoma muddati o'z yakuniga etdi.

Yaponiyalik mutaxassislarning yurtimizdagi 2 yillik faoliyati davomida ayollar terma jamoamiz CAFA musobaqalarida g'oliblikni qo'lga kiritdi, FIFA reytingida o'z o'rnini yaxshilab bordi. Tarixda ilk marta Olimpiada saralashining so'nggi bosqichiga qadar yetib bordi.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi yaponiyalik mutaxassislar Midori Honda va Takaya Tsutsumiga minnatdorchilik bildiradi va kelgusi faoliyatlarida omad tilaydi.

 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: ufa.uz