So’nggi yangiliklar

23:45ЕЧЛ. "Қайрат" Астанада "Брюгге"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 23:35Салиба ва Габриэль қуруқ ўйинлар бўйича АПЛ тарихида иккинчи ўринга чиқиб қолди. Олдинда Фердинанд - Видич жуфтлиги бор  1 23:12"Манчестер Сити" ҳужумчиси фаолиятини АПЛнинг бошқа клубида давом эттириши мумкин  0 22:55ЕЧЛ. "Будё Глимт" – "Манчестер Сити". Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда ўнамоқда (онлайн ҳисоб)  36 22:41Терма жамоа ва Суперлига ҳақида ҳақиқат! Ашурматов нима деди?  0 22:32U-23 Осиё кубоги. Хитой Вьетнамни йирик ҳисобда мағлубиятга учратиб, финалга йўл олди!  6 22:2339 ёшли Жеко Германиядан клуб топди  0 22:01Германияда АҚШдаги Жаҳон чемпионатини бойкот қилиш ҳақида гапирилмоқда  2 21:21"Андижон" ўртоқлик ўйинида Шимолий Македония клуби билан дуранг ўйнади  3 20:56Инфантинонинг маоши ФИФА президентлиги даврида тўрт баробар кўпайди  7 20:30"Барса" ва "Юве" қизиққан АПЛ клуби ҳимоячисини "Челси" сотиб олмоқчи  1 19:54"Реал" Винисиус бўйича катта трансфер таклифини олди  7 19:26Артета "Интер"га қарши ўйин ҳақида: "100 фоизли натижа бўшашишга олиб келмайди"  4 18:59"Нефтчи" Болгария жамоасини ишончли ҳисобда мағлуб этди  11 18:39U-23 Осиё Кубоги. Япония Кореяни ютиб, финалга йўл олди  0

Midori Xonda: "Bugungi natijadan ranjidim" Yangiliklar

Midori Xonda: "Bugungi natijadan ranjidim"

Parij-2024 Olimpiadasiga saralash doirasida o'tkazilgan O'zbekiston - Avstraliya (0:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida O'zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Midori Xonda ishtirok etdi va bugungi uchrashuv haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?

- Avstraliya juda ham yaxshi jamoa. Raqibning imkoniyatlaridan kelib chiqib futbolchilarimiz yaxshi o'yin namoyish etishdi. O'yin davomida 0:0 hisobini qayd etdik, ammo ikkinchi bo'limda gollar o'tkazib yubordik. Yakuniy natija yaxshi bo'lmadi. Ikkinchi bo'limda futbolchilarimizda charchoq alomatlari sezildi va shu sababli raqib hisobni ochdi. Dastlabki golni o'tkazib yuborganimizdan so'ng kayfiyatimiz tushib ketdi va shundan so'ng keyingi gollarni o'tkazib yubordik. Futbolchilarimiz bor kuchini berishdi va imkon qadar yaxshi o'yin namoyish etishga harakat qilishdi.

- Jismoniy holatimiz sabab mag'lub bo'ldik dedingiz. Terma jamoada avlodlar almashinuvini boshlash vaqti kelmadimi? Yosh terma jamoalarimizdan o'yinchilarni asosiy terma jamoaga jalb etish kerakdir balki?

- Ha, biz U20 terma jamoasidan ko'pgina futbolchilarni tarkibimizga jalb etamiz va hozirgi kunda terma jamoamiz safida 6 nafar yosh futbolchilarimiz bor.

- Avstraliyada bo'lib o'tadigan javob o'yinidagi imkoniyatlarimizni qanday baholaysiz?

- Javob uchrashuvida ko'proq hujum qilamiz.

- O'zbekiston terma jamoasi bugun asosan himoyalandi va raqib darvozasiga bor yo'g'i bir marotaba zarba berdik. Bugungi uchrashuvda agressivroq o'yin namoyish etsak va to'pga ko'proq egalik qilganimizda balki kamroq gol o'tkazib yuborarmidik? Yoki Avstraliya kabi kuchli terma jamoaga qarshi ochiq futbol namoyish etish ilojsizmi?

- Mashg'ulotlarda ko'proq to'pga egalik qilishni mashq qilishimiz kerak ekan. To'pga egalik qilayotgan chog'i raqiblarimiz ko'pgina holatlarda to'pni bizdan olib qo'ydi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика