Mezbon hakamlar ishlaydigan uchrashuvda O'zbekiston Isroilga qarshi to'liq oq libosda o'ynaydi
30 may 2023 08:37
Yangiliklar


Mezbon hakamlar ishlaydigan uchrashuvda O'zbekiston Isroilga qarshi to'liq oq libosda o'ynaydi
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi U-20 Jahon chempionatining nimchorak finalida Isroilga qarshi o'yin o'tkazadi.
Uchrashuvda futbolchilarimiz to'liq oq libosda, darvozabonimiz esa to'q sariq libosda harakatlanadi.
Mazkur bahsda bosh hakam sifatida Falkon Yael (Argentina) ishlaydi. Unga qanotlarda hamyurtlari Del Esso Maksimiliano va Rodrigez Fakundo yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Lopez Kastelyanosga (Gvatemala) topshirilgan.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv 31-mayga o'tar kechasi soat 02:00 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
00:43
O'zbekiston U23 terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o'yin uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda GALEREYA 0

Fikrlar