Meyson Grinvud faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin
18 apr 2023 09:27
Yangiliklar
Meyson Grinvud faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin
“Mancheter Yunayted” hujumchisi Meyson Grinvud faoliyatini “Milan”da davom ettirishi mumkin.
MYUda o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapgan hujumchini Italiya klubi o'z safiga qo'shib olishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, 2022 yilning yanvar oyida Meyson Grinvud o'zining qiz do'sti Xarriet Robsonning ayblovlaridan so'ng qamoqqa olingandi. Jabrlanuvchi qiz Grinvudga zo'rlash va uning joniga tajovvuz qilish aybini qo'ygandi va ushbu holatga aloqador suratlar va audioyozuvlarni internetga chiqargandi. SHu yilning fevral oyida esa barcha ayblovlar olib tashlandi.
Biroq shundan so'ng «Manchester Yunayted» ichki tergov ishlarini olib borishini va unga qadar hujumchi o'yinlarda ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo'lishini malum qilgan.
MYU va Grinvud o'rtasidagi kelishuv 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikrlar