So’nggi yangiliklar

14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  0 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  2 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  3 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  1 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  3

Meylis Diniev Superligada o'ynamoqchi Yangiliklar

Meylis Diniev Superligada o'ynamoqchi

Bir necha soat oldin U-23 Osiyo chempionatining 2-turidan o'rin olgan Turkmaniston-Eron (2:1) jamoalari bahsi yakunlandi.

Biz Turkmaniston jamoasi etakchilaridan biri Meylis Diniev bilan suhbatlashdik.

- G'alaba bilan tabriklaymiz, o'yin haqida taassurotlar...

- Rahmat, taassurotlarimni so'z bilan tariflash qiyin. Bugun bor kuchimiz bilan harakat qildik maydonda borimizni berdik. O'yinchilardan tortib, shifokor va murabbiylar barcha barcha borimizni berdik juda ko'p mehnat qildik va bu o'z mevasini berdi. Bugun nishonlaymiz va ertadan bu g'alabani esdan chiqarib keyingi o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.

- Siz ikki kuchli raqib O'zbekiston va Eronga qarshi o'yin o'tkazdingiz. Kimga qarshi o'ynash qiyinroq bo'ldi, deb o'ylaysiz?

- To'g'risini aytsam o'zbeklar bilan o'ynash qiyinroq bo'ldi. CHunki biz bu turnirda birinchi bor ishtirok etmoqdamiz. Qolaversa, muxlislar ham raqib g'alabasida katta ahamiyat kasb etdi. Stadion to'lgan muhitda o'ynadik va bizga bu juda katta bosim berdi. Eronga qarshi o'yinda biz o'zimizga kelib ishonchimiz ortdi va ular bilan o'yinda bitta yo'limiz bor edi va u ham bo'lsa g'alaba qozonish.

- Sizning o'ynash uslubingiz, harakatlaringiz Artur Gevorkyanga o'xshab ketar ekan va murabbiyingizga Meylis Diniev ikkinchi Artur Gevorkyan bo'la oladimi, deb savol berdim. Ular menga agar yulduzlik kasalligiga chalinmasa albatta zo'r o'yinchi bo'lib etishadi dedilar. Bu haqida sizning fikringiz va O'zbekiston Superligasidan takliflar bo'lsa ko'rib chiqasizmi?

- Artur Gevorkyandek bo'lishimga hali ancha bor. Ammo O'zbekiston Superligasidan takliflar bo'lsa juda xursand va rozi bo'lib qabul qilaman.

Uchqun Azimov suhbatlashdi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика