So’nggi yangiliklar

07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  0 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  1 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  6 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  6 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  64 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  8 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2

Mexikoda FIFAning navbatdagi Kongressi bo'lib o'tdi Yangiliklar

Mexikoda FIFAning navbatdagi Kongressi bo'lib o'tdi

Xalqaro Futbol Associyaciyaalari Federaciyasi – FIFAning navbatdagi Kongressiga 12-13 may kunlari Meksika poytaxti Mexiko shahri mezbonlik qildi.

Yangi prezident faoliyatidagi ilk Kongress

Hisob bo'yicha 66-marotaba o'tkazilayotgan FIFA Kongressi tashkilotning yangi prezidenti Janni Infantino faoliyatidagi ilk Kongress bo'lganini takidlash joiz. Ayni damda, FIFAga azo bo'lgan 209ta federaciya vakillari ishtirok etgan kongress kun tartibida bir qator muhim masalalalar ko'rib chiqildi. Jumladan, yangi prezident FIFAning 2015 yil yakunlari bo'yicha to'liq hisobotini taqdim etish bilan birga, administrativ boshqaruv bo'yicha islohotlar olib borilishini malum qildi.



Tashkilotga yangi azolar qabul qilindi

Avvalroq, FIFA kengashi Kosovo Futbol Federaciyasi (FFK) hamda Gibraltar Futbol Uyushmasi (GFA)ni tashkilot safiga qabul qilinishini ovoz berish yo'li orqali hal qilish masalasini Kongress kun tartibiga qo'ygan edi. Kongress ko'pchilikning ovozi bilan mazkur federaciyalarni FIFA tarkibiga qo'shib olish masalasini maqulladi. SHu tariqa, FIFAning azolari soni 211taga etdi.

Yangi bosh kotib

FIFA prezidenti Janni Infantino senegallik Fatima Samurani FIFAning yangi bosh kotibi sifatida ommaga tanishtirdi. SHu paytgacha, BMTning rivojlantirish dasturi bo'yicha masul xodimi lavozimida ishlab kelgan Fatima Samura tashkilot tarixidagi ilk ayol bosh kotib bo'ldi. Yangi bosh kotib 2015 yildan buyon makzur lavozimni vaqtinchalik boshqarib kelayotgan Markuss Kattnerning o'rnini egalladi.



Takidlash lozim, mazkur kongressda O'zbekiston Futbol Federaciyasi Birinchi vice-prezidenti Sardor Rahmatullaev, O'FF matbuot xizmati boshlig'i Sanjar Rizaev hamda O'FF texnik bo'limi boshlig'i Olim Arifov ishtirok etishdi.

Malumot o'rnida, FIFAning navbatdagi kongressiga 2017 yilning 11-12 may kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahri mezbonlik qiladi. Rossiya poytaxti Moskva shahri esa, JCH-2018 mezboni sifatida 2018 yilning 12-13 iyun kunlari FIFA kongressiga mezbonlik qiladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика