So’nggi yangiliklar

14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  4 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  1 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  28 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  25 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3

"Metallurg"ning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha yangi murabbiyini ko'rdingizmi? U ikki karra jahon chempioni Yangiliklar

"Metallurg"ning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha yangi murabbiyini ko'rdingizmi? U ikki karra jahon chempioni

Mamlakat milliy chempionati bahslariga tayyorgarlik ko'rayotgan Bekobodning "Metallurg" jamoasida mashg'ulotlarning ikkinchi cikli boshlandi.

FIFA kunlari munosabati bilan yuzaga kelgan tanaffusdan "Metallurg" birinchilardan bo'lib mashg'ulotlarga qaytganligi haqida xabar berilgandi. Mashg'ulotlarning birinchi haftasi murabbiylar shtabi futbolchilarning funkcional, jismoniy tayyorgarligiga jiddiy etibor qaratishdi. Boisi ortda qolgan turlar davomida futbolchilarning aynan jismoniy holati, tez toliqib qolishlari, zahira o'rindig'ining torligi Jasur Abduraimovni qiynagandi. SHu bois Jasur Beradorovich bu galgi yig'inga o'zgacha yondoshdi.Futbolchilarning jismoniy holatini oshirishda ekstremal sport turlari va Bahodirlar o'yini bo'yicha 46 karra O'zbekiston chempioni, Osiyoning mutloq chempioni, ikki karra jahon chempioni, Arnold klassik sport musobaqalari g'olibi Sergey Trubicinni yordamga jalb etdi.

Bekobod shahrida davom etayotgan mashg'ulotlar har kuni ikki mahaldan olib borilayapti. Kunning birinchi yarmida futbolchilar jismoniy tayyorgarlikni tiklash markazida fitness bilan mashg'ul bo'lishyapti. Kunning ikkinchi yarmida esa jamoa "Metallurg"  markaziy stadionida ko'proq to'p bilan ishlayapti. Bunda asosiy etibor jamoa o'yinini shakllantirish,  to'p bilan ishlash,  turli o'yin vaziyatlarini ishlab chiqish, kombinaciyalarni mukammallashtirishga qaratilmoqda. Quyida jamoaning mashg'ulotlaridan rasmlarni tomosha qilishingiz mumkin.

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика