So’nggi yangiliklar

02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  0 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  3 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  1 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  11 22:32"Челси" Ла Лигадаги ҳимоячи билан шартнома имзоламоқчи  1 22:10Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Жирона"ни мағлуб этиб, очколар бўйича "Барса"га етиб олди, 39 ёшли Модрич ўйинда ҳисобни очди  64 21:56Гризманн ўзининг "Атлетико"даги келажагини белгилаб олди  0 21:08Сон Хён Мин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин?!  5 20:01Тибо Куртуа Тедесконинг истеъфосидан сўнг Бельгия терма жамоасига қайтишни хоҳламоқда  7 19:39"Манчестер Юнайтед" ёзда "Барселона" футболчиси билан шартнома имзолашга уриниб кўради  8

"Metallurg"ga javob keldi: JCHga chiqish uchun sizlar ham hissa qo'shing! Yangiliklar

"Metallurg"ga javob keldi: JCHga chiqish uchun sizlar ham hissa qo'shing!

Teglar :  PaxtakorMetallurg
Kecha "Metallurg" jamoasining rasmiy telegram kanalida "Paxtakor" shaniga nisbatan ehtirosli maqola chop etildi. Telegram kanal kubning rasmiy ovozi, u erdagi barcha gaplar klubning poziciyasi ekanligini bilamiz.

Saytimizda "Metallurg" jamoasining telegramdagi rasmiy saxifasida bergan maqolasini elon qildik. Bugun bizga yangi xabar kelib tushdi. Faqat "Paxtakor"ning muxlislaridan.

SHu kungacha jamoamiz darvozasiga 10ga yaqin penalti qo'yildi, bir nechta qizil kartochkalar va urilgan gollarimiz inobatga olinmadi. Lekin shu kungacha jamoamizning kanalida bu ishlarning tepasida raqib jamoa turganligi piching qilinmadi. Bazi o'yinlarda hakamlarga nisbatan ochiq etiroz bo'ldi, lekin O'FA va PFL manzili tomoni hech qanaqa gap gapirilmadi. Faqat Jizzaxdagi o'yinda VARda o'tirgan Rahim Karimov va maydondagi Vadim Agishevga ustidan tegishli tartibda yozildi. Ammo ularni oqlashdi, kamiga Rahim Karimov "Navbahor"da Kubokda bizni nimalar qilganini barcha ko'rdi. O'yinda o'zimizda ham xato bo'ldi, lekin hakamlik ham adolatli bo'lmadi. SHunda ham klubimizning ijtimoiy tarmoqlarida "Navbahor"ga nisbatan bitta ham piching gap qilinmadi. CHunki xatolarni klubdagi xodimlar qiladi, klub va uning muxlislari emas.



Xuddi shunday kechagi o'yinda xato bo'lgan bo'lsa, "Metallurg" nima uchun hakamlar ustida yozmadi? Endi "Metallurg"ning tuhmatga boy ehtirosli maqolasiga to'xtalamiz.


"Metallurg": Tezkor qarshi hujumda jarima maydoniga yorib kirgan Zabixillo O'rinboevni mezbonlar posboni to'xtatib qoldi. Hakam ikkilanmay 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi.

Penaltiga etirozingiz yo'q, to'g'rimi? Aynan shu nuqtada burgut ko'z hakam Olim Abduvosilov turgandi. Firdavs Norsafarov belgilagan penaltini bekor qilmadi, demak penalti bor. Olim va Firdavs akalarga rahmat, Sizlarni mukofotga yaqinlashtirdi.


"Metallurg": 33-daqiqada Kerim Palich raqib hududi raqib oyog'i tagiga tashlanib, to'pni olib qo'yishga erishdi. Bir qaraganda toza harakat qilgandek edi. Firdavs esa vaziyatni boshqacha baholadi. "Metallurg" tomonga jarima zarbasi belgilashidan tashqari, mehmonlar tayanch yarim himoyachisiga oddiy vaziyat uchun sariq kartochka ham ko'rsatdi. Standart holatidan boshlangan hujum esa gol bilan yakunlandi – 1:1.


Endi penaltini tepib gol urib oldingiz, bu yog'iga ko'nikinglarda. Ikki vaziyatni bir boshidan tomosha qiling, Quvvatov va O'rinboev o'rtasidagi to'qnashuv bilan, Palichning harakati bir xilku? Agar Palichda sariq kartochka bekor berilgan bo'lsa, unda penalti ham noto'g'ri qo'yilgan bo'lib chiqyaptiku. Agar jarima zarbasi noto'g'ri bo'lsa, demak "Metallurg" hakamlarning yordamida penalti tepish huquqini qo'lga kiritdi. Endi ehtirosingizni chetga surib qo'yib, ikki vaziyatni o'xshashligini bir ko'rib yuboring.

Burgut ko'z, O'zbekiston, O'FA va hakamlar markazini gapirganingizni yozmaymiz, bu gaplaringizga sababi o'zimiz ham qo'shilamiz. Bu yil bizni yomon qilishyapti. Lekin shu erda nima uchun PFLni gapirmayapsiz? Ha, aytganday ular jarimaga tortishi mumkin, chiroyli vaziyatdan chiqib ketyapsizlar.


"Metallurg": So'nggi ikki uch o'yindan buyon hakamlarni rosa tanqid qilgan Maksim SHackixning nolalari "qaerlargadir etib borganga" o'xshaydi. Bunday hakamlik bilan jahon chempionatini orzu qilmang, degandi, Lobanovskiy maktabida tahsil ko'rgan Maksim! Endichi, endiyam orzu qilmaylikmi, Mundialni?!


Maksim SHackixning gaplari, bu "Paxtakor"ga tegishli gapdir. Uning gaplarini ikkinchi tomon bo'lib tahlil qilishga haqqingiz yo'q. U gapirsa, o'zining jamoasini gapiryapti. Ulug'bek Baqoev yoki Samvel Babayanni kanalimiz gapirdimi, etika qani?

Jahon chempionatiga qachon chiqamiz bilasizmi? Qachon "Paxtakor", "Bunyodkor" va "Nasaf"dan boshqa jamoalar ham terma jamoaga futbolchi etkazib bersa. Faqat muammo hakamlarda emas. "Paxtakor" va "Metallurg" o'yini nima uchun bekor bo'ldi? CHunki "Paxtakor"ning U-21 va U-19dagi 24ta o'yinchisini Ravshan Haydarov, Rauf Inileev va Farhod Nishonov olib ketishdi. Komandada 2 nafar o'yinchi qolgan. Mana Vatan uchun kim ishlayapti!


47-daqiqada futbolchingiz Azmiddinovning oyog'ini qanday bosdi? Jizzaxda shunga o'xshash holat uchun Hamrobekov qizil olgandi.


"Metallurg": Sobiq Ittifoq davrida mamlakatimiz sharafini himoya etgan "Paxtakor"ga barcha ishqibozlik qilgan. Otamiz ham, tog'amiz ham, jiyanimiz ham, qo'shnimiz ham, o'zbek ham, o'ris ham!

Yashang, rahmat! Bu klubning gaplarimi yoki shaxsni? Klubni gapi bo'lsa, unda qo'shningiz AGMK, buni bilamiz. Lekin klubni tog'asi va jiyani bo'lishini, kecha bildik.

Hakamlarni yozganligi uchun jamoamiz matbuot xizmatini jarimaga tortgan O'FA va PFLdan, bu vaziyatda ham adolatli qaror qilishlarini ham so'raymiz, otangizni "Paxtakor"ining muxlislari!

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика