So’nggi yangiliklar

16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  0 16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  1 16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  1 15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  3 15:10Аденис Шала: "Ўзбек футболи Македония ва Косовога нисбатан анча устун. Канте мени ниҳоятда ҳайратда қолдирди"   1 14:59Ибрагимович "Аякс"га ўтишга яқин  1 14:28Депай ёзда эркин агентга айланиши мумкин  0 14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  8 13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  1 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  3 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  42 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0 12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  5 11:35Қойил, Саудия ҳаммасини эплаяпти  17

“Metallurg-W”: safardagi uchinchi g'alaba! Yangiliklar

“Metallurg-W”: safardagi uchinchi g'alaba!

Ayollar futboli bo'yicha mamlakat chempionatida karvonboshilik qilayotgan hamshaharlarimiz – Bekobodning “Metallurg-W” jamoasi qizlari ketma ket safardagi uchinchi o'yinini o'tkazdi va bu gal ham raqibalarini yirik hisobda dog'da qoldirdi.

G'uzorda “SHo'rtan-ledi” mehmoni bo'lgan SHerali Boboqulov shogirdlari mezbonlar darvozasiga javobsiz 10(!!!) ta to'p kiritishdi.

Bu yilgi taqvim bekobodliklar uchun biroz g'ayritabiiy tuzilganligi rosti ajablanarli. Kuzatib kelayotganingizdek, “Metallurg-W” avvaliga Olmaliqda, keyin Buxoroda o'ynadi. Mana endi jamoamiz bugun G'uzordan ortda qaytayapti. Bekobodda olti kun bo'lishgach, yana safarga yo'l olishadi. 4-turni “Metallurg-W” qizlari Xorazmda “To'maris”ga qarshi, 5-turni esa Navoiyda “Guli”ga qarshi o'tkazadi. Bekobodlik ishqibozlar esa jamoamiz o'yinini faqatgina 6- va 7-turlardan etiboran o'z maydonimizda kuzatishga muvaffaq bo'lishadi. 4 va 7 iyun kunlari Qashqadaryoning ikki etakchi jamoasi – “Mashal” va o'n karra mamlakat chempioni “Sevinch” mehmonimiz bo'ladi.

Endi bevosita oxirgi uchrashuvimizga to'xtaladigan bo'lsak, o'yin qizlarimizning to'liq ustunligi ostida o'tdi. Ayniqsa tajribali Nargiza Abdurasulovani shu kuni to'xtatishning imkonini mezbonlar topa olishmadi. Maydon markazini to'liq o'z nazoratiga olgan Mahfuza Turopova esa hujum chizig'i vakillarini o'z vaqtida to'p bilan taminlab turganligini ham aytib o'tish joiz. O'z navbatida mezbonlarning kam sonli uyushtirgan hujumlarini esa himoyachilarimiz va darvozabonlarimiz ishonchli qaytarib turishdi.

Jamoa bosh murabbiyi SHerali Boboqulov ortda qolgan uchrashuvlarga to'xtalar ekan “Raqiblarimiz u qadar jiddiy emasdi. Asosiy o'yinlar hali oldinda turibdi. To'rtinchi va beshinchi turdagi safar o'yinlarimizdan etiboran raqiblar ham kuchayib boraveradi. Mazkur o'yinlar orqali tarkibni o'z maydonimizda bo'ladigan jiddiy uchrashuvlarga sayqallashtirib borayapmiz”, deydi.

“SHo'rtan-ledi”ga qarshi uchrashuvni “Metallurg-W” quyidagi tarkibda o'tkazdi:

“SHo'rtan-ledi” – “Metallurg-W” – 0:10. G'uzor. 2015 yil 20 may. 3-tur.

“Metallurg-W”:Gulandom Boymatova, Yulduz Nabieva, Xolida Dadaboeva, SHodiya Tosheva, Nozima Kamoltoeva, Mahfuza Turopova, Iroda Turdalieva, Mavluda Munavvarova, Dildora Nozimova, Nargiza Abdurasulova, Lyudmila Karachik.

Zahiradan maydonga tushganlar: Albina Belyalova, Nodira Mo'ydinova, Mohigul Ikromova, Nasiba Hojieva, Alina Demyanenko.

Gollar:Nargiza Abdurasulova (4 ta), Lyudmila Karachik (2 ta), Mavluda Munavvarova (2 ta), Mahfuza Turopova, Nodira Mo'ydinova.

Turning qolgan uchrashuvlarida qayd etilgan uchrashuvlar nitajasi va musobaqa jadvali bilan tanishing:

“Andijanka” – “To'maris” – 6:0 (G.Hasanova-4ta, O.Yoqubova-2ta), “Neftchi” – “Guli” – 1:2 (G.Yusupova – U.To'xtaeva-2ta), “Lokomotiv” – “Mashal” – 1:4 (N.Jumaniyozova – F.Boboxo'jaeva, G.Amirova-2ta, SH.Qurbonova), “Bunyodkor” – “Sevinch” – 0:2 (Z.Jo'raeva-2ta), “Buxoro” – “Olmaliq” – 0:1 (O.Tojiboeva).

21 maygacha bo'lgan musobaqa jadvali

#

Jamoalar

O'

YU

D

M

T-N

O

1.

“Metallurg”

3

3

0

0

24-0

9

2.

“Sevinch”

3

3

0

0

9-2

9

3.

“Andijanka”

2

2

0

0

9-0

6

4.

“Guli”

2

2

0

0

6-1

6

5.

“Mashal”

3

2

0

1

8-5

6

6.

“Olmaliq”

3

2

0

1

3-7

6

7.

“Bunyodkor”

3

1

0

2

7-4

3

8.

“Neftchi”

3

1

0

2

2-5

3

9.

“Buxoro”

3

1

0

2

2-8

3

10.

“To'maris”

3

0

0

3

0-11

0

11.

“Lokomotiv”

3

0

0

3

1-14

0

12.

“SHo'rtan-ledi”

3

0

0

3

0-14

0

To'purarlar:

Lyudmila Karachik (“Metallurg”) – 12

Gulirano Hasanova (“Andijanka”) – 7

Zebo Jo'raeva (“Sevinch”), Nargiza Abdurasulova (“Metallurg”) – 5 tadan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика