O'rtoqlik o'yini. "Metallurg" Qozog'iston klubi bilan durang o'ynadi
07 fev 23:26
Yangiliklar
O'rtoqlik o'yini. "Metallurg" Qozog'iston klubi bilan durang o'ynadi
Uchrashuv teng kurashlar ostida o'tdi. Jamoalar ancha vaqt maydon markazini qo'lga olish uchun pozicion o'yin namoyish etishdi. Hujumlardan birida Hazrat Tursunqulov olis masofadan raqib darvozasini ishg'ol qildi.
Uchrashuvning 71-daqiqasida “Metallurg” posboni hamda yarim himoyachisining ehtiyotsizligi bois jarima maydoni yaqinida to'pni egallab olgan semeyliklarning 21 yoshli hujumchisi Ivan Sviridov olis burchakni qiyinchiliksiz nishonga oldi – 1:1. SHundan keyin ham har ikkala jamoada qulay imkoniyatlar bo'lsa-da, mazkur hisob o'yin oxirigacha o'zgarmay qoldi.
Endi “Metallurg” 10 fevral sanasida Premer liganing boshqa bir jamoasi – “Jetisu”ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.
“Elimay” – “Metallurg” – 1:1
Gollar: Hazrat Tursunqulov (21), Ivan Sviridov (71)
“Metallurg”: Rahimjon Davronov, Abror Toshqo'ziev, Abbos Otaxonov, Zafar Rahimjonov, Mirg'ies Sulaymonov, Iskandar SHayqulov, Alisher Xayrullaev, Hazrat Tursunqulov, Ravshan Abdumannonov, Behruz Abdullaev, SHahzodbek Ubaydullaev.
“Elimay”: Denis Kavlinov, Berik Aytbaev, Sergey Keyler, Sultan Abilgazi, Dmitriy SHmidt, Nikita Korzun, Maykom Rodriges, Erkebulan Nurgaliev, Nursultan Sovetkazi, Roman Murtazaev, Ivan Sviridov.
Fikrlar