So’nggi yangiliklar

16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  3 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  1 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0

“Metallurg” PFK Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag'ishlab turnir o'tkazdi Yangiliklar

“Metallurg” PFK Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag'ishlab turnir o'tkazdi

Teglar :  Metallurg
Bugun “Metallurg” futbol maktabi tashabbusi bilan Xalqaro bolalarni himoya etish kuniga bag'ishlangan turnir uyushtirildi.

Unda 2007 – 2008 yillarda tug'ilgan bolalar jamoalari ishtirok etishdi. Qatnashchilar orasida Sirdaryo viloyatining Yangier, Guliston, Boyovut, SHirin shaharlaridan hamda Bekobod tumani va Bekobod shahri jamoalari ishtirok etishdi.

2007 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasidagi musobaqada 12 ta, 2008 yilda tug'ilganlar bahsida esa 8 ta jamoa g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Musobaqa avvalida jamoalar guruh o'yinlarida omadlarini sinab ko'rishdi va yarim finalchilar nomini aniqlab berishdi. Yarim final o'yinlaridan etiboran turnir olimpiya tizimida o'tkazildi.

2007 yilda tug'ilganlar bahsida bosh sovrin uchun “Metallurg-1” – “Metallurg-2” jamoalari o'zaro kuch sinashishdi. Unda birinchi jamoa 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Bronza medali uchun bahs “Ayaks” (Bekobod sh.) – “Dalvarzin” (Bekobod t.) jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi va unda shaharliklar 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

2008 yilda tug'ilgan bolalar musobaqasi ikki guruhda tashkillashtirildi. Turnir g'olibligini “Metallurg” futbol maktabining birinchi jamoasi qo'lga kiritdi. Ular finalda “Metallurg-3” jamoasini 5:2 hisobida taslim etishdi. Uchinchi o'rin uchun o'yinda “Zafar” (Bekobod t.) – “Metallurg-2” jamoalari kuch sinashib, tuman bolalari 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Turnir yakunida g'olib va sovrindorlarga “Metallurg” PFK tomonidan Kubok, medal va diplomlar hamda esdalik sovg'alari topshirildi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика