So’nggi yangiliklar

00:50"Ливерпуль" Кьезани Чемпионлар Лигаси қайдномасига киритмагани маълум бўлди  1 00:32Элдор ва Аббос сафда, Кападзенинг кайфияти чоғ – миллий жамоа машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  6 00:10U-23 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон жойлашган гуруҳнинг иккинчи баҳсида Қирғизистон Кими Меркнинг дубли эвазига Фаластинни енгди  2 23:50Португалия президенти марҳум Диогу Жотани орден билан тақдирлади  1 23:18"Пахтакор" 5 нафар тарбияланувчиси учун 432 миллион сўм олади  0 22:44Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Англияга ютқазди  9 22:25Антони "Бавария" таклифини рад этганини айтди. У "Бетис"га берган сўзида турган  2 21:55"Атлетик" ФИФА Лапортни рўйхатдан ўтказишни рад этганини тасдиқлади  1 21:36Ла Лигада ой мураббий бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди. Флик улар орасида йўқ  8 20:55Ла Лигада август ойининг энг яхши ўйинчиси бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди  3 20:25Равшан Ҳайдаров: "Бутун ўйин давомида устунликка эга бўлдик, тўпни назорат қилдик"  13 19:59A Bola: Лёвдан сўнг Бенту ҳам Ўзбекистонга "йўқ" деди  107 19:50Фарруҳ Сайфиев Туркманистон билан баҳсда дарвозабонга атайин жароҳат етказдими?  11 19:33Аббос Файзуллаев: "Туркияга мослашиш қийин бўлмади"  3 17:37Фермин ва Гави қизлар туфайли жанжаллашиб қолганми?  1

“Metallurg” – “Paxtakor”, prevyu Yangiliklar

“Metallurg” – “Paxtakor”, prevyu

Teglar :  MetallurgPaxtakor
Toshkentning “Paxtakor” jamoasi “Metallurg”ning eng noqulay raqiblaridan biri hisoblanadi.

Jamoalar bugungacha milliy chempionatlarimiz doirasida 39 ta uchrashuv o'tkazishgan. SHulardan 31 tasida toshkentliklarning qo'li baland kelgan. 4 ta uchrashuvda durang qayd etilgan bo'lsa, yana 4 ta o'yinda bekobodliklar zafar quchishgan. Mazkur o'yinlarda darvozalarga kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqi ham paxtakorchilar foydasiga – 101:31. “Metallurg”ning paxtakorchilar ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 3:1 va 2:0 bo'lsa, eng yirik hisobdagi mag'lubiyati – 0:6.

Bekobodliklar “Paxtakor” ustidan erishgan g'alabalarining barchasiga o'z maydonlarida erishishgan. Bu asosan so'nggi mavsumlarda qayd etilganligi bu galgi o'yinga ham umid ko'zi bilan qarashga asos bo'ladi.

Faqatgina bitta muammoli jihati mazkur uchrashuvda “Metallurg”ning asosiy tarkibidan uch nafar futbolchi maydonga tusha olmaydi. To'rttadan sariq kartochkalari to'planib qolganligi bois Murodjon Toshmatov, Alisher Ziyovuddinov hamda Mirg'iyos Sulaymonovlar jamoadoshlariga yordam bera olishmaydi.
Uchrashuv hakamlari haqida

O'zbekiston futbol federaciyasi Professional futbol ligasi elon qilgan ro'yxatga binoan “Metallurg” – “Paxtakor” uchrashuvida poytaxtlik hakamlar brigadasi ishlaydigan bo'ldi. Bosh hakam – FIFA referesi Vadim Agishevga qanotlarda Timur Galeev hamda Akbar Po'latovlar yordam berishadi. Zahira hakami Rustam Lutfulin bir kun muqaddam o'tadigan yoshlar tarkiblari uchrashuvida bosh hakam vazifasini o'tab beradi.

9 sentyabr (shanba)
Metallurg (Bekobod) – Paxtakor (Toshkent)
Hakamlar:
V. Agishev (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A.Po'latov (Toshkent), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi hakam: S. Najafaliev (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Inoyatov.
Raqibimiz – “Paxtakor” haqida

 “Metallurg” XXVI milliy chempionatimizning 20-turida o'z maydonida mamlakatimizning eng nomdor jamoasi, o'n bir karra O'zbekiston chempioni – Toshkentning “Paxtakor” jamoasini qabul qiladi. Paxtakorchilar milliy chempionatimizda 1992, 1998, 2002-2007, 2012, 2g'14-2015 yillarda g'alaba qozonishgan. SHuningdek, toshkentliklar hisobida milliy chempionatlarimizda 5 ta kumush, bitta bronza medali ham bor. Bundan tashqari jamoa O'zbekiston kubogini ham eng ko'p qo'lga kiritgan klub sanaladi. Mamlakat kubogi bahslarida ham toshkentliklar 11 marta zafar quchishgan.

“Paxtakor” mustaqillik yillarida xalqaro maydonlarda ham mamlakatimiz sharafini munosib himoya etgan. Osiyo futbol konfederaciyasi chempionlari ligasida jamoa ikki marta yarim finalga chiqqan.

Bevosita jamoa tarixi haqida qisqacha malumot beradigan bo'lsak, klubga 1956 yilda asos solingan. 36 yil mobaynida sobiq Ittifoq chempionatida O'zbekiston Respublikasining bosh jamoasi sifatida qatnashgan. 1992 yildan etiboran Mustaqil milliy chempionatimizning uzluksiz qatnashchisi. Jamoa laqabi – sherlar.
Oliy liga bahslarida paxtakorchilar bugunga qadar 758 ta uchrashuv o'tkazib, shulardan 512 tasida g'alaba qozonishgan. 123 o'yinda durang o'ynashgan bo'lsa, xuddi shuncha o'yin – 123 tasida mag'lubiyatga uchrashgan. Paxtakorchilar raqiblari darvozasiga 1704 ta to'p kiritishgani holda o'z darvozalaridan 649 ta gol o'tkazib yuborishgan. Jamoaning eng yirik hisobdagi g'alabasi – 11:0 (“Qizilqum”, 2007 yil), eng yirik mag'lubiyati – 0:4 (1995 yil – MHSK, 2002 yil – “Nasaf”, “Neftchi”).

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика