So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  0 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  8 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  6 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  4 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

“Metallurg” – “Lokomotiv”: prevyu Yangiliklar

“Metallurg” – “Lokomotiv”: prevyu

Teglar :  MetallurgLokomotiv
Keyingi yillarda mamlakatimizning grand jamoalaridan biriga aylangan “Lokomotiv” bekobodliklar uchun eng noqulay raqiblardan biri sanaladi.

Mazkur jamoalar O'zbekiston chempionati oliy ligasi doirasida bugunga qadar o'zaro 25 bor maydonga chiqishgan bo'lishsa, mazkur uchrashuvlardan faqatgina 3 tasida “Metallurg”ning qo'li baland kelgan. Ettita uchrashuvda tomonlar bitimga imzo chekishgan. 15 ta o'yinda esa omad temiryo'lchilar tomonida bo'lgan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqi – 20:49, toshkentliklar foydasiga.

O'tgan yili birinchi marta chempionlikka erishgan “Lokomotiv” aynan “Metallurg”ga qarshi uy o'yinidan keyin rasman chempionlik tantanalarini boshlab yuborgandi. Ammo Bekoboddagi uchrashuvda temiryo'lchilar jiddiy raqobatga duch kelishgandi. Uchrashuv jangovor durang – 3:3 natijasi bilan yakunlangandi.
Bu yil birinchi davrada Toshkentda kechgan o'yinda hisobni madanchilar ochgan bo'lsa-da, ikkinchi taymda maydon egalari ustunlikni o'z tomonlariga og'dirib olishgan va 3:1 hisobida g'alaba qozonishgandi. Javob uchrashuvi ham temiryo'lchilar uchun oson bo'lmasligi aniq.

Quyida mazkur jamoalarning Bekobodda o'tkazilgan so'nggi besh uchrashuvi natijalari bilan tanishing:

25.06.2016  “Metallurg” – “Lokomotiv” – 3:3
12.03.2015  “Metallurg” – “Lokomotiv” – 0:0
29.03.2014  “Metallurg” – “Lokomotiv” – 0:4
05.05.2012  “Metallurg” – “Lokomotiv” – 0:1
05.08.2010  “Metallurg” – “Lokomotiv” – 1:0


"Metallurg" matbuot xizmati


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика