"Metallurg" klubi futbolchilarida ham koronavirus infekciyasi aniqlandi
03 avg 2020 22:42
Yangiliklar


"Metallurg" klubi futbolchilarida ham koronavirus infekciyasi aniqlandi
Bekobodning "Metallurg" klubi azolarida koronavirus infekciyasi aniqlandi.
Milliy terma jamoaning bugun boshlangan yig'iniga 3 nafar "Metallurg" futbolchisi (Aleksandr Lobanov, Abbos Otaxonov va SHahzod Ubaydullaev) chaqirilgan edi. Biroq klub futbolchilaridan koronavirusga olingan so'nggi test natijalari ijobiy chiqqanligi sababli ular yig'inga jalb etilmadi. Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.
Hozircha "Metallurg" matbuot xizmati klubda aynan qancha futbolchida koronavirus infekciyasi aniqlangani borasida xabar bergani yo'q.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar