So’nggi yangiliklar

13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  1 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  2 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  1 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  15 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  2 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  12 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1 08:25Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Манчестер Сити" 2:2, Холланднинг голи ҳисобга олинмади  2 08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  10 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  4 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2

"Metallurg" kichik hisobda "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi Yangiliklar

"Metallurg" kichik hisobda "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi

Bekobodda o'tadigan uchrashuvni quyida onlayn matnli translaciya tarzida kuzatib boring.

18:00. "Metallurg" - "Qo'qon-1912" 2:1

Gollar: Saidjon Abdujabborov, 40. Nosir Otaqo'ziev, 48 (S.Eminov). Sailjon Abdujjaborov, 60.

Bekobod. "Markaziy" stadioni.

Hakamlar: V.Serazetdinov (Toshkent), R.SHoyaxmetov (Toshkent), D.Saylalov (Toshkent), A.Rubakov (Toshkent).

Nazoratchi: A.Arutyunov (Toshkent).

PFL vakili: V.Lyotkin.

Ogohlantirishlar: Mirg'iyos Sulaymonov, 80.

"Metallurg": 91.Zafar Safoev, 4.Hikmat Hoshimov (S), 7.Doniyor Odilov (6.Dilmurod Karimov,), 8.Ayubxon Nomonov, 9.SHahzodbek Nurmatov (55.Zohid Abdullaev, 78), 13.Aleksandr Kovalyov, 14.Davron Karimqulov, 19.Ruslan Vagapov, 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 22.Murodjon Toshmatov, 77.Saidjon Abdujabborov. 

Zaxira: 32.Suhrob Sultonov,  15.Alisher Ziyovuddinov, 17.Nozim Esonov, 21.Sardor Rasulov,  88.Javlon Mirabdullaev. 

"Qo'qon-1912": 16.Andrey Baklanov (S), 3.Hasanboy Ergashev, 5.Jalil Kimsanov, 9.Nosir Otaqo'ziev, 10.Quvondiq Ro'ziev, 11.Doniyor Usmonov (6.Bahodir Akramov, 77), 18.Sardorbek Eminov,  19.Vladimir Argun (22.Orifjon Mamadjonov, 54), 23.Furqatjon Hasanboev (17.Aziz To'xtaboev, 66), 28.Aleksey Nikolaev, 29.Igor Golban.

Zaxira: 12.Aziz Ashurov, 4.Qahramon Mahamadjonov,  8.Nodirbek Qo'ziboev,  27.SHoxruh Xolmatov.



Uchrashuv yakunlandi. SHu tariqa maydon egalari g'alaba qozondi. Etiboringiz uchun tashakkur. 


90+3. Eminov o'ng qanotdan jarima maydoni ichiga kirib borishga urinayotganida Ziyovuddinov to'pni olib qo'ydi.


90+2. Mezbonlar qarshi hujumga o'tdi. Erlatib uzatilgan to'pni Baklanov ushlab oldi va darhol to'pni oldinda turgan sherigiga uzatdi. 


90+1. Maydon markazida Quvondiq Ro'zievni raqibi Ziyovuddinov chalib yiqitdi. Jarima zarbasi. 


90. Bosh hakam ikkinchi bo'lim to'xtalishlari uchun 3 daqiqa vaqt qo'shib berdi.


90. Ro'ziev markazdan to'pni raqib jarima maydoni ichiga oshirdi. Ammo mezbonlar to'pni qaytarib, xavfni bartaraf etdi.


89. Bekobodliklar hujumga zo'r bermoqda.


87. Baklanov ketma-ket ikki vaziyatda o'zini ko'rsatishga erishdi. Avvaliga Karimovni so'ngra Toshmatovning yo'llagan zarbalaridan so'ng to'pni qaytarib yubordi.


86. O'zgarish. Ayubxon Nomonov o'rniga Alisher Ziyovuddinov tushdi.


85. Zohid Abdullaev to'pni egallab olib Golbandan qochib ketdi va darvozabon bilan birga-bir chiqib borayotganida to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi. Baklanov esa to'pni ushlab oldi.


83. Eminov chap qanotdan oldinga o'tdi va to'pni qarama-qarshi qanotda turgan sherigi Mamadjonov oshirdi. Orifjon to'pga etib kelgan bo'lsada, keyinchalik Toshmatov unga egalik qildi va vaziyatni yumshatdi.


82. Bahodir Akramovning jarima maydoni ichida yo'llagan zarbasi kutilganidek chiqmadi.


80. Ogohlantirish. "Metallurg". Mirg'iyos Sulaymonov.


79. Igor Golban qo'qonliklar himoya chizig'ida ko'p vaziyatlarda ishonchli xarakat qilmoqda. 


78. O'zgarish. "Metallurg". SHahzodbek Nurmatov o'rniga Zohid Abdullaev tushdi.


78. Vagapovning chap qanotdan havolatib uzatib bergan to'pini Toshmatov bosh bilan darvozaga yo'lladi. Ammo zarba kutilganidek chiqmadi.


77. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Doniyor Usmonov o'rniga Bahodir Akramov tushdi.


76. Dilmurod Karimov 25 metrlardan darvoza tomon zarba yo'lladi. To'p esa yo'l-yo'lakay mehmonlarga tegib maydonni tark etdi.


75. Sardor Eminov chap qanotda hujum tashkil etishga urinmoqda. Lekin uni qo'llab-quvvatlaydigan o'yinchi etishmayarti, hozircha.


73. SHahzodbek Nurmatov o'ng qanotdan jarima maydoni ichiga kirib bordi. Golban esa ortidan taqib etib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.


68. Zarbaaaa.... Quvondiq Ro'zievning 20 metrlardan bergan zarbasi kuchli ammo noaniq chiqdi.


67. Viktor Serazetdinov futbolchilarga qisqa tanaffus elon qilgan xolda, ularni suv ichib olishlari uchun ruhsat berdi.


66. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Furqat Hasanboev o'rniga Aziz To'xtaboev tushdi. 


65. O'zgarish. "Metallurg". Doniyor Odilov o'rniga Dilmurod Karimov tushdi.


64. Zarbaaaaa. Saidjon Abdujabborovning yo'llagan zarbasidan so'ng to'p ustun yonginasidan o'tib ketdi.

63. Sardor Eminov o'ng qanotdan hujum tashkil etayotganida Abdujabborov uni ortidan chalib yiqitdi. Jarima zarbasi. 


61. Mehmonlar jarima maydoni ichida yuzaga kelgan xavfli vaziyatni Saidjon gol bilan yakunladi.


60. GOOOOOOLLLL! Yana Abdujabborov!


58. Murodjon Toshmatov bugun ancha faol. Aksariyat hujumlar aynan u tomondan tashkil etilmoqda.


56. Stadionga salqin tushdi. 


55. Doniyor Usmonov endi hujumga o'tadi. Mamadjonov esa qanotni kuchaytirsa ajab emas.


54. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Vladimir Argun o'rniga Orifjon Mamadjonov tushdi.


52. Uchrashuvda hisob tenglashgach, qo'qonlik ishqibozlar ham yanada "jonlandi".


50. Mezbonlar o'ng qanotdan burchak to'pini amalga oshirdi. Toshmatovning uzatgan to'pini Nurmatov bosh bilan darvozaga yo'llamoqchi bo'ldi. Ammo to'p to'sin ustidan o'tib ketdi.


49. Ogohlantirish. "Qo'qon-1912". Jalil Kimsanov.


48. O'ng qanotdan Sardor Eminovning oshirgan pasidan so'ng Otaqo'ziev to'pni darvozaga aniq yo'llab, hisobni tenglashtirdi.

48. GOOOLLLL!!! Nosiiiiirrr Otaqo'ziiieeeevvv!

46. Mezbonlar ikkinchi bo'lim xavfli hujum bilan boshladi. Nurmatov to'p bilan jarima maydoni ichiga kirib borayotganida Hasanboy Ergashev to'pni qaytarib yubordi. 


46. Ikkinchi taymga start berildi.


Futbolchilar maydonga qaytmoqda. Ikkinchi bo'lim boshlanish arafasida.


Birinchi taym tugadi. Tanaffus!


45+1. Eminov chap qanotdan to'pni qarama-qarshi qanotga oshirdi. Otaqo'ziev to'pga egalik qildi. Unga raqibi qo'pollik ishlatdi. Ammo hakam shu vaqtda birinchi bo'limni yakunladi.

45. Viktor Serazetdinov birinchi bo'lim to'xtalishlari uchun 1 daqiqa vaqt qo'shib berdi.


44. Vagapov chap qanotdan oldinga o'tayotganida Kimsanov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.


40. Murodjon Toshmatov o'ng qanotdan to'pni darvoza tomon yo'lladi. Baklanov to'pni qo'lidan chiqarib yubordi. Saidjon Abdujabborov esa birinchi bo'lib to'pga etib kelib darvoza to'rini ishg'ol etdi.


40. GOOOLLL! "Metallurg" hisobni ochdi.


39. Zarbaaaa!!! Odilovning zarbasidan so'ng to'p jarima maydoni ichida turgan Nurmatov oyoqlari yonidan o'tib ketdi.  


38. Nomonov bilan Nurmatov qo'qonliklarning jarima maydoni ichida "stenka" o'ynadi. Golban to'pni qaytarib, xavfni biroz yumshatdi.


36. Darvoqe, kecha ushbu jamoalarning yoshlari o'rtasida kechgan bahsda 1:1 hisobi qayd etildi.


34. Bekobodliklar ustunlikni o'z qo'llariga olishga urinmoqda.


32. Mehmonlar o'z jarima maydoni ichida xavfli vaziyat yuzaga keldi. Golban to'pni Baklanovga uzatdi. Andrey esa qarshisida taqib qilayotgan raqibi oldida to'pni maydon tashqarisiga chiqarb yuborishga qaror qildi.


30. Murodjon Toshmatovning amalga oshirgan jarima zarbasidan so'ng to'p to'sin ustidan o'tib ketdi.


29. Yana Igor Golban! Faqat bu safar u o'yin qoidasini buzdi. Aniqrog'i jarima maydoni tashqarisida u raqibi Nurmatovga nisbatan qo'pollik ishlatdi.


27. Golban markazdan to'pni ch ap qanotga uzatgan xolda Usmonovni oldinga chorladi. Doniyor qarshisidagi raqibini ustalik bilan aldab o'tdi. Ammo keyinchalik Sulaymonov to'pga egalik qildi. 

25. Bosh hakam futbolchilarni suv ichib olishiga undadi va biroz tanaffus!


25. Aleksandr Kovalyovning 25 mterlardan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni  Baklanov hotirjam tarzda ushlab oldi.


24. SHahzodbek Nurmatov jarima maydoni ichida to'p bilan xarakatlanayotganida Igor Golban chaqqonroq xarakat qilib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.


22. Jalil Kimsanov markazda Toshmatovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Hakam "Qo'qon-1912" himoyachisini og'zaki ravishda ogohlantirdi. 


20. Furqat Hasanboev chap qanotda to'pni to'xtatishda xatoga yo'l qo'ydi. To'p esa maydonni tark etdi.


19. Maydon egalari qarshi hujum tashkil etdi. CHap qanotdan Murodjon Toshmatov oldinga intildi va to'pni markazdan yordamga etib kelgan Odilovga uzatdi. Doniyorning zarbasidan so'ng to'p ustun oldidan o'tib ketdi.


18. Maydon markazida to'p bilan xarakatlanayotgan Quvondiq Ro'zievni raqibi Ayubxon Nomonov ortidan chalib yiqitdi. Jarima zarbasi!


17. "Metallurg qarshi hujum tashkil etdi. "Hikmat Hoshimovning chap qanotdan havolatib uzatgan to'piga birinchi bo'lib Baklanov egalik qildi.


15. Zarbaaaa! Davron Karimqulov tahminan 22 metrlardan darvoza tomon zarba yo'lladi. To'p esa qo'qonliklarga tegib ustun yonginasidan o'tib ketdi.


13. Ayubxon Nomonov jarima zarbasini amalga oshirdi. Kuchsiz chiqqan zarbadan keyin Baklanov to'pni ushlab olishga erishdi.


11. Eminovning jarima maydoni ichiga oshirgan to'pini Doniyor Odilov bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.


10. "Metallurg" futbolchilari endi o'ng qanotdan o'yin qoidasini buzdi. To'p yonida Sardor Eminov. 


9. Havolatib jarima maydoni ichiga uzatilgan to'pni Zafar Safoev baland sakrab ushlab olishga erishdi.


8. Mirg'iyos Sulaymonov chapt qanotdan oldinga o'tayotgan Eminovni chalib yiqitdi. Jarima zarbasi! 


6. Yuqorida aytib o'tganimizdek, ob-havoning issiqligi bois, futbolchilar shoshilmayapti, hozircha.


4. Ruslan Vagapovning chap oyoqda bergan zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi.


3. Oldingi bahslarda hujumchi sifatida xarakat qilgan Doniyor Usmonov bugun o'ng qanot yarim himoyasida o'ynamoqda. 


2. Aleksey Nikolaev to'pni markazda qabul qilib olib o'ng qanotdagi sherigi Doniyor Usmonov bilan "stenka" o'ynadi. Ammo uning jarima maydonidan oshirgan to'pini Safoev ushlab oldi. 

1. Mezbonlar burchak to'pi ishlab oldi. Toshmatovning uzatgan to'pini Hoshimov darvozaga yo'llamoqchi bo'ldi. Ammo raqib himoyachilari unga imkon bermadi.

"Metallurg" futbolchilari to'pni o'yinga kiritgan xolda, uchrashuvni boshlab berdi.

Bugun mezbonlar sariq, mehmonlar esa oq libosda xarakat qiladi. 

Qo'qonliklar "Qo'-qon Qo'-qon" deya boshladi.

Jamoalar PFL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelmoqda.

Diqqat qiling! Uchrashuv boshlanish arafasida.

Mazkur onlayn matnli translaciya "Qo'qon-1912" matbuot xizmati bilan hamkorlikda olib boriladi.

Bekobodda havo juda issiq! Bunday jaziramada futbolchilarga oson tutib bo'lmaydi.

Jamoalar tarkibi malum! Quyida tanishing!

Stadionga muxlislarning tashrifi davom etmoqda. Qo'qondan ham bir guruh ashaddiy ishqibozlar sevimli jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun Bekoboddagi stadionga qadam ranjida qilganini etirof etish lozim.

Har ikki jamoa ham maydonga chiqib, chigalyozdi mashklarini bajarmoqda.

Media-tribunada elektr bilan bog'liq muammo bor. Stadion mamuriyati hamon ushbu muammoni hal etmayapti...

Bekobod shahridagi "Markaziy" stadiondan onlayn reportajimizni boshlaymiz va yaqin ikki soat davomida Sizlarni zeriktirib qo'ymaslikka xarakat qilamiz.

Assalomu alaykum xurmatli futbol ishqibozlari!

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика