So’nggi yangiliklar

19:56Абдувоҳид Неъматов, Шерзод Насруллаев ва Умар Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  2 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  4 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   6 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  3 16:55Мбаппе Чемпионлар лигасининг фаворити ҳақида гапирди  0 16:25Швайнштайгер Германия терма жамоасини танқид қилди  3 16:13Муҳаммадрасул Абдумажидов легионерга айланмоқда  12 15:32Ўзбекистон миллий терма жамоаси Эронга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум бўлди  11 15:20Юлиан Нагельсманн: "Ҳар бир ўйинда ғалаба қозонишни истайман ва истеъфо ҳақида ўйламайман"  1 14:44Хайрия учрашуви. "Динамо" - Ўзбекистон фахрийлари беллашувидан галерея  0 14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  3 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  21 13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  1

"Metallurg": Jismoniy tayyorgarlik ko'rigi boshlandi Yangiliklar

"Metallurg": Jismoniy tayyorgarlik ko'rigi boshlandi

Teglar :  Metallurg
Superliga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati O'zbekiston Futbol Federaciyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib borilishi haqida avval xabar berib o'tgandik.

Bugun Toshkent viloyati CHirchiq shahridagi “Kimyogar” stadionida yangi mavsumga hozirlik ko'rayotgan Bekobodning "Metallurg" jamoasi futbolchilari jismoniy tayyorgarlik bo'yicha sinovlardan o'tishmoqda.

Test sinovlarini professor SHamil Iseev etakchiligidagi O'zbekiston Futbol Federaciyasining Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik guruhi mutaxassislari olib borishayapti. Futbolchilar 30 metrga yugurish, turgan joyidan uzunlikka sakrash, 7x50 metrga yugurish hamda “yo-yo” testi bo'yicha nazoratdan o'tishyapti.

“Metallurg” PFK rejaga binoan 30 dekabrga qadar Toshkent viloyatida o'quv mashg'ulot yig'inini davom ettirishadi. O'sha kuni poytaxtda O'zbekiston U-23 terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Yig'inda o'tgan mavsum klub sharafini himoya etgan futbolchilarning deyarli barchasi mashg'ulotlarni davom ettirishmoqda. SHuningdek, 2017 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini “Qo'qon 1912” jamoasida ijara asosida o'tkazgan Doniyor Hasanov, “Dinamo”ga qarshi uchrashuvda jiddiy jarohatlanib, davolanishni Moskvada o'tkazib qaytgan Javohir Esonqulovlar ham qatnashayotganligini aytib o'tish lozim. Ulardan tashqari yoshlar tarkibida jalb etilgan bir qator istedodli o'yinchilar hamda yangi kelgan futbolchilar ham bor.




Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика