So’nggi yangiliklar

20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  0 20:00Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК (матнли трансляция)  9 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  1 18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  6 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  0 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  7 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0 15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  14 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  2

"Metallurg" dastlabki nazorat uchrashuvida Ukraina jamoasini mag'lub etdi Yangiliklar

"Metallurg" dastlabki nazorat uchrashuvida Ukraina jamoasini mag'lub etdi

Teglar :  MetallurgMetallist
Bugun Turkiyaning Belek shahrida Bekobodning “Metallurg” jamoasi xorijdagi ilk nazorat uchrashuvini Ukrainaning “Metallist” (Xarkov) jamoasiga qarshi o'tkazdi.

Uchrashuvda bekodobliklar g'alaba qozondi, barcha to'plar birinchi taymda kiritildi. Dastavval SHohnazar Norbekov hisobni ochgan bo'lsa, taym o'rtalarida ukrainaliklar hisobni tenglashtirishdi. Birinchi bo'lim yakunlanishi arafasida esa Farhod Bekmurodov jamoamizni yana hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu hisob o'yin oxirigacha o'zgarmay qoldi. O'z navbatida “Metallurg” posboni Aleksandr Lobanov birinchi taymda “Metallist” o'yinchisining 11 metrlik belgidan jarima zarbasini qaytarganligini ham aytib o'tish lozim.

Nazorat uchrashuvi 

“Metallist” (Ukraina) – “Metallurg” (O'zbekiston) 1:2

Gollar: SHohnazar Norbekov (17), Aleksandr Cvirenko (27), Farhod Bekmurodov (45)

Amalga oshirilmagan penalti: Artur Murza (21)

"Metallist": Daniil Kanevcev, Kaydalov, Andrey Ralyuchenko, Aleks CHidomere, Vernattus, Vyacheslav Tankovskiy, Cvirenko, Kasares, Ruslan Fomin, Artur Murza, Egor Krasnikov.

Bosh murabbiy: Oleksandr Kucher.

“Metallurg” (1-taym): Aleksandr Lobanov, Ixtiyor Toshpo'latov, Hakimxon Alamxonov, Farrux Ibrohimov, Ergash Ismoilov, Farxod Bekmurodov, Damir Temirov, Ibrohim Ibragimov, Salamat Quttiboev, SHohnazar Norbekov, Zabixillo O'rinboev.

Bosh murabbiy: Luisma Ernandes.

“Metallurg” (2-taym): Akmal Ortiqov, Xudoyshukur Sattorov, Abbos Otaxonov, Odilbek Abdumajidov, Abrorbek Toshqo'ziev, Muhammad Isaev, Fozil Musaev, SHahzodbek G'ofurbekov, Jasur Ashurov, SHahzodjon Nematjonov, Zohid Abdullaev.

“Metallurg” keyingi uchrashuvni 9 fevral sanasida “Zarya” (Lugansk) jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика