"Metallurg" dastlabki yig'inni tugatmoqda
27 dek 2013 19:23
Yangiliklar


"Metallurg" dastlabki yig'inni tugatmoqda
Bekobodning "Metallurg" klubi yangi mavsum uchun tayyorgarlikning dastlabki qismini yakunlamoqda.
"CHirchiqda bo'lib o'tgan ikki haftalik yig'in ertaga (28 dekabr) kuni yakunlanadi. Futbolchilar asosan tiklanish mashqlarini bajarishdi. Yangi yil bayramidan so'ng aniqrog'i, 6 yanvardan ikkinchi yig'in boshlanadi. Ushbu yig'in ham CHirchiqdagi "Kimyogar" stadionida bo'lib o'tadi. Fevral oyi boshida esa Turkiyada xorijiy yig'in o'tkazish rejalashtirilgan. Tarkibda hozircha o'zgarishlar yo'q", - deydi "Metallurg" klubi katta murabbiyi Abduqahhor Marufaliev.

Fikrlar