So’nggi yangiliklar

15:42"Барселона" Ла Лиганинг 1-турида энг ёш таркибни майдонга туширди. Иккинчи ўринда...  0 15:39"Насаф" ҳимоячиси "Шўртан"га қарши ўйинда майдондан четлатилиши лозим эди. Суперлиганинг 19-турида ҳакамлик таҳлили  0 15:10Opta суперкомпьютери: Бундеслигада сенсация бўлмайди  0 14:46Месси яна терма жамоага чақирилди, Файзуллаев энди ўйнай олади, Роналду финалга чиқди - 19 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада  0 14:29Қирғиз Республикаси терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  2 14:16Лутфулла Тўраев "Бунёдкор"га қайтди  5 13:52"Жиззахда Абрамов, Ғузорда Лушчан жамоасининг имконияти юқори" — Павел Соломин   3 13:2944 ёшли дарвозабон жаҳон рекордини янгилади  1 12:46"Осасуна" мураббийи "Реал"га қарши баҳсдаги четлатиш ҳақида: "Бу мен учун қизил карточка эмас"  15 12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  2 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  23 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  5 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  7 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3

"Metallurg” CHorvoqdan qaytib keldi Yangiliklar

"Metallurg” CHorvoqdan qaytib keldi

Mamlakat milliy chempionatining ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko'rayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi birinchi o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunladi.

Poytaxt viloyatining Bo'stonliq tumani CHorvoq suv ombori yonida joylashgan “Metallurg” sihatgohida olib borilgan mashg'ulotlar asosan futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini maromiga etkazishga qaratildi. Har kuni o'yinchilarga ikki mahaldan jismoniy yuklamalar berildi. Murabbiylar tomonidan tanlangan mashg'ulotlar jamlanmasi anchagina og'ir, shuning barobarida qiziqarli bo'lganligini etirof etish lozim. Asosiy tarkib ham, yoshlar tarkibi ham o'n kun mobaynida bir necha marta kross yugurishlarini amalga oshirishdi.

SHu o'rinda jamoadagi o'zgarishlar haqida ham malumot berib o'tsak. “Obod” futbolchilari Doniyor Hasanov, Abror Husinovlar bilan shartnoma imzolangan bo'lsa, “Bunyodkor” yarim himoyachisi Javohir Esonqulov “Metallurg”da ijara asosida o'p suradigan bo'ldi. Jamoa ko'rigida bo'lib turgan Qadamboy Nurmetovning klubda qolish qolmasligi nazorat uchrashuvlaridan keyin malum bo'ladi. Birinchi davrada “Metallurg” sharafini himoya etgan himoyachi Vusol Magerramov “Olmaliq”qa, yarim himoyachi Doniyor Ismoilov esa “Dinamo” jamoasiga ijaraga berildi. “Bunyodkor” jamoasiga tegishli bo'lgan markaziy himoyachi Islom Qobilovning OCH saralash bahslaridan so'ng o'z klubiga qaytishi kutilyapti. SHuningdek, birinchi davradan keyin “Metallurg” himoyachi Kamronbey Kopadze, yarim himoyachi Farhod Namozov va hujumchi Timur Usmonovlar bilan do'stona xayrlashdi. Klub mazkur futbolchilarga birinchi davra mobaynidagi hamkorligi uchun minnatdorchilik bildiradi.

“Metallurg” futbolchilari navbatdagi yig'inga 18 iyuldan CHirchiq shahrida to'planishadi. Klubning asosiy tarkibi “Bunyodkor”, “Qizilqum” va “Istiqlol” jamoalari bilan, yoshlar tarkibi esa “Lokomotiv”, “Olmaliq” (uyda va safarda) yoshlari hamda “Yangier” jamoalari bilan ko'rik-nazorat uchrashuvlarini o'tkazishga kelishib olgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика