“Metallurg” – “Bunyodkor” uchrashuvi videosharhi
02 okt 2014 15:31
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/146502_original.jpg)
![](/upload/storage/146502_220.jpg)
“Metallurg” – “Bunyodkor” uchrashuvi videosharhi
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi oliy liga 22-turi doirasida Bekobodda “Metallurg”ni mag'lubiyatga uchratdi.
Qiziqarli kechgan bahsda “qaldirg'ochlar” 2:1 hisobida ustun keldilar. Uchrashuvning 8-daqiqasida Alibobo Rahmatullaevning chiroyli to'p oshirishidan Samir Bekrich aniq zarbasi bilan hisobni ochdi. 69-daqiqada Alibobo Rahmatullaev yana bir chiroyli hujum boshladi. Bekrich tomonidan rivojlangan hujumni Zoteev gol bilan yakunladi. Lekin oradan bir daqiqa o'tar-o'tmas SHoxnazar Norbekovning faolligi evaziga yuzaga kelgan xavfli vaziyatni Sardor Rasulov darvozaga aniq yo'llab, hisobni qisqartirdi – 1:2.
SHu tariqa, “qaldirg'ochlar” Bekobodda qiyin g'alabaga erishdilar.
Quyidagi havola orqali “Metallurg” – “Bunyodkor” uchrashuvi videosharhi bilan tanishishingiz mumkin.
TAS-IX hududida
SHu tariqa, “qaldirg'ochlar” Bekobodda qiyin g'alabaga erishdilar.
Quyidagi havola orqali “Metallurg” – “Bunyodkor” uchrashuvi videosharhi bilan tanishishingiz mumkin.
TAS-IX hududida
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar