So’nggi yangiliklar

21:01"Пахтакор" Россия жамоасига мағлуб бўлди  2 21:00"Истанбул Башакшехир" — "Бешиктош". Таркиблар маълум  9 20:40"Насаф" U21 Қашқадарё вилояти ҳокими кубогини қўлга киритди  0 20:33"Арсенал" — "Уиган". Таркиблар маълум  0 20:00“Нефтчи” икки футболчисини “Қўқон-1912”га ижарага берди  10 19:49"Сурхон" Грузия клубини мағлуб этди  2 19:42"Андижон" легионери жамоани тарк этди  5 19:21"Райо Вальекано" — "Атлетико". Таркиблар маълум  10 19:05Элит ОЧЛ. "Насаф" "Шаржа"га қарши қизил либосда ўйнайди  5 19:00"Арал" янги дарвозабон билан шартнома имзолади  0 18:55Фабрегас: "Мората футбол ўйнашни йиғиштириб, бошқа спорт билан шуғуллансин"  3 18:28"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Шаржа" легионери жамоани тарк этди  7 18:01Назорат ўйини. “Гулистон” “Орол”дан устун келди  2 17:11Эндрик январь ойида Лига 1нинг энг яхши футболчиси деб топилди  18 16:40"Фиорентина"да юрак хуружини бошдан кечирган Бове 14 ойдан сўнг футболга қайтди  4

“Metallurg”: Birinchi yig'in yakunlanyapti Yangiliklar

“Metallurg”: Birinchi yig'in yakunlanyapti

Teglar :  Metallurg
Poytaxt viloyatining “Metallurg” jamoasi ananaga muvofiq yangi mavsumga ham tayyorgarlikni CHirchiq shahridagi “Kimyogar” stadionida olib borayapti.
Murabbiylar shtabi o'tgan yilgi asosiy tarkib hamda yoshlar tarkibi o'yinchilari bilan avvaligi bir mahaldan, yig'in oxiriga kelganda ikki martadan jismoniy tayyorgarlikni tiklash mashqlariga katta etibor qaratishdi. 30 dekabr kuni tushlikdan keyin futbolchilarga Yangi yil bayrami tatili beriladi. Tatil 4 yanvarga qadar davom etadi.

Ikkinchi yig'inni ham bekobodliklar CHirchiq shahrida boshlashadi. Bu yig'inda ko'rik-nazorat uchrashuvlariga katta o'rin ajratiladi. Dastlabki nazorat o'yini yanvar oyining birinchi o'n kunligida “Qo'qon 1912” jamoasiga qarshi o'tkazilishiga kelishib olindi. Birinchi yig'in davomida jamoaning o'tgan yilgi asosiy tarkibi saqlab qolinganligi malum bo'ldi. Faqatgina o'tgan mavsum “Bunyodkor”dan ijara asosida “Metallurg”ga kelib to'p surgan futbolchilar poytaxtliklar ixtiyoriga qaytib ketishdi. Ularning toshkentliklar safida qolish-qolmasligi ikkinchi yig'ingacha aniqlanadi. SHuningdek, 2016 yilgi mavsum ikkinchi yarmidan “Metallurg”da faoliyat olib borgan SHerzod Jalilov hamda Farrux SHotursunovlar boshqa jamoalarda yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rishyapti. Iqtidorli yarim himoyachilarimizdan yana biri – Jahongir Abdumo'minov esa Tailand jamoalaridan birida ko'rikdan o'tmoqda. O'z navbatida “Metallurg” murabbiylari ham jamoani kuchaytirish maqsadida bir qator tajribali o'yinchilarni ko'z ostlariga olishgan. Bu boradagi yangiliklar haqida ham ikkinchi yig'in paytida malumot beramiz.

"Metallurg" klubi matbuot xizmati
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика