So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  0 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

"Metallurg": 8 nafar futbolchi jamoani tark etdi Yangiliklar

"Metallurg": 8 nafar futbolchi jamoani tark etdi

Teglar :  Metallurg
Superliganing barcha jamoalari singari Beeobodning "Metallurg" jamoasida ham yangi mavsum tadoriga allaqachon boshlangan.

Jamoa o'yinchilari 6 yanvar sanasida to'planishdi. Ikki kun mobaynida tibbiy ko'rikdan o'tildi. Har kuni bir mahaldan jismoniy tayyorgarlikni tiklash mashqlari olib borildi. Hozirda esa mashg'ulotlarga to'liq kirishilgan. To'p bilan ishlash, trenajer zalida jismoniy holatni tiklash jarayonlari qizg'in tus olayapti. O'z navbatida mashg'ulotlar natijasi nazorat uchrashuvlari orqali o'rganilmoqda, tahlil etilmoqda.

Jumladan, kuni kecha bir haftalik mashg'ulotlar samarasi yig'inda bo'lib turgan futbolchilarning ikkiga bo'lingan holda ko'rik uchrashuvi bilan yakunlandi. Unda "qizillar" jamoasi Abror Toshqo'zievning aniq zarbasi evaziga hisobni ochgan bo'lsa-da, yakunda mag'lubiyatga uchradi. SHahzod Ubaydullaev, Ibrohim Turg'unboev hamda Mahmud Qudratullaev tomonidan kiritilgan gollar "yashillar"ga g'alabani taqdim etdi.

Ilgari xabar berganimizdek jamoada sezilarla o'zgarishlar bor. Ijara muddati tugagan uch nafar hamda boshqa jamoada o'ynashni ixtiyor etgan besh nafar futbolchi bekobodliklar safini tark etgan edi. Ayni paytda ularning o'rnini to'ldirish maqsadida Superliganing bir qator jamoalaridan mahoratli hamda iqtidorli o'yinchilar "Metallurg" yig'iniga jalb etilgan. Ko'rikda bo'lib turgan futbolchilardan kimlar jamoada qolishi nazorat uchrashuvlaridan keyin malum bo'ladi. "Metallurg" yanvar oyining o'zida to'rtta ko'rik uchrashuvini o'tkazish uchun Superliga hamda Pro liga jamoalari bilan kelishib olgan. SHulardan birinchisi keyingi dam olish kuni Farg'onaning "Turon" jamoasiga qarshi o'tkaziladi.


P.S. "Metallurg" matbuot xizmati klubni tark etgan futbolchilar aynan kim ekanligi borasida xabar bermagan.

Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика