So’nggi yangiliklar

19:53"Арал" - "Пахтакор". Асосий таркиблар билан танишинг  0 19:43"Локомотив" "Краснодар" тарбияланувчиси билан шартнома имзолади  0 19:24Тимур Мамасидиқов "Локомотив"га қайтди  0 19:13Кейн: "Саутгейт - Англия тарихидаги энг муваффақиятли мураббийлардан бири"  0 18:46Расман: Дилошд Жўраев - "Локомотив" футболчиси  2 18:36Кроос Педрига қарши фол учун кечирим сўради: "Атайин жароҳат етказиш нияти йўқ эди. Тезроқ соғайиб кет"  16 18:02"Локомотив" Қирғизистон терма жамоаси сардори билан шартнома имзолади  2 17:34Нагельсманн: "Кўзёшларимни зўрға тийиб турибман"  2 16:52Франция кетма-кет 6та учрашувдан бери ўйиндан гол урмаяпти. Бу уларнинг 60 йиллик антирекорди  2 16:35Adidas Кроос фойдаланган бутсалар моделини унинг номига ўзгартиради  1 16:05Германия - Испания учрашувидан сўнг немис жамоаси мураббийи ҳакамлар хонасига бостириб кирди  16 15:42Дунёнинг энг гўзал футболчиси "Ювентус"га ўтди  15 15:35ЖЧ саралаш олдидан. 5 сентябргача нима қиламиз?  6 15:23Австралия терма жамоаси собиқ футболчиси: "У Еврода Португалияга ҳалал берди"  19 15:17Азизбек Амонов "Хорфаккан"ни тарк этмоқда  2

Mesut Ozil: “Mavsumni yaxshi o'tkazib, sovrinsiz qolishimdan qanday mano bor?” Yangiliklar

Mesut Ozil: “Mavsumni yaxshi o'tkazib, sovrinsiz qolishimdan qanday mano bor?”

Teglar :  Mesut OzilArsenal
“Arsenal” yarim himoyachisi Mesut Ozil klub rasmiy saytiga bergan intervyusida faoliyati, oldiga qo'ygan maqsadlari va boshqa masalalar xususida berilgan savollarga javob qaytardi.

- Mesut, shaxsiy tarafdan mavsumni qanday baholaysiz?
- Juda qoniqdim. Urgan gollarim va amalga oshirgan golli pamlarimdan rostdan ham qoniqish hosil qildim. Doim o'sib borishga intilganman va hozir to'g'ri yo'ldaman. SHaxsan men uchun mavsum yaxshi o'tmoqda va shunday saviyada uzoq vaqt o'ynashga umid qilaman.

- Nima sababdan barchasi yaxshi ko'rinish oldi deb o'ylaysiz?
- CHunki jamoa menga yordam bermoqda. Taktikamiz borasida ham shunday deyish mumkin. Hujumkor harakatlar markazida joylashib, to'pni tez-tez maydonning yaxshi hududlarida qabul qilyapman. Bu esa hujumni rivojlantirib, hal qiluvchi to'p oshirishni uddalashga yordam beradi.
O'tgan yili uzoq vaqt jarohatlandim, bu yil esa jismonan va ruhan tayyorman. SHuningdek, birinchi marta “Arsenal” bilan mavsumga tayyorgarlik jarayonini to'liq o'tkazdim. Hamisha buning muhimligini gapirib kelganman. Hammasi yaxshi ketayotganidan qoniqyapman.


- O'yiningizni qanday tahlil qilasiz? Tahlilchilar bilan gaplashasizmi?
- To'g'risi, o'yinlarimni bazida tomosha qilaman. 11 yildan beri professional futboldaman. O'ylashimcha, ortga boqavermay, oldinga qarash lozim. Aks holda, yo'lda davom etish qiyin bo'ladi. Agar o'yinni yomon o'tkazib, birorta vaziyat yarata olmasam, albatta, bundan qoniqmayman.
Lekin raqamlarga katta etibor bermayman. Kimdir Ozil golli paslar bo'yicha rekordga yaqin deyishi mumkin, ammo men rekordlar uchun o'ynamayman. Nimaga qodirligim va jahonda eng yaxshi assistentlardan biri ekanimni bilaman. SHaxsiy darajada mavsumni ajoyib o'tkazsam, ammo sovrinsiz qolsam, bundan qanday mano bor?

Har bir uchrashuvga imkoniyatimni namoyish etish uchun tushaman. Bazida o'xshamaydi, lekin bu yil ko'p o'yinlarda bu yaxshi ko'rinish oldi. Umid qilamanki, o'yinim “Arsenal”ga mavsumni yuqoriroq yakunlashga yordam beradi.

- Arsen Venger sizni yaqinda “jim yuruvchi etakchi” deb atadi. U nimani nazarda tutdi?
- Hamma menga futbol va undan tashqarida hurmat bilan munosabatda deb o'ylayman. Menga baland ovozda gapirish va jamoadoshlarimga kiyinish xonasida baqirish yoqmaydi. Bu hech qachon xarakterim bo'lmagan. Biror narsani 100 foiz amin bo'lsam gapiraman, buni hamma biladi. Ehtimol, murabbiy shuni nazarda tutgan. Ushbu mavsum jamoa oldida bir necha marta gapirdim, tanaffuslarda ularni tetiklashtirishga intildim. Maydonda ham shu narsa ro'y beradi.

- Aleks Ivobi, Jeff Reyn-Adelaid va Kris Uillok joriy mavsum birinchi jamoaga yaqin bo'lishni boshlashdi. Ularga qanday yordam berishga urinyapsiz?
- Barchamiz ularga yordam berishga intilyapmiz. Futbolchi klubga kelganda o'zini unchalik qulay his etmaydi. Jamoamiz bir-biriga yordam berishga harakat qiladi. Tajribali futbolchi sifatida buni majburiyatlarimdan biri deb hisoblayman. Yosh va klubga kelgan yangi o'yinchilarga maydonda va uning tashqarisida yordam berish darkor.

Muhammad Al Neni bilan birinchi marta o'ynaganimda unga imkon boricha yordam berishga urindim. Mashg'ulotlarda u meni kuzatadi, chunki u tayanch yarim himoyachisi, men oldinroqda harakat qilaman. U to'pni olgunga qadar uni kimga uzatish ustida ishlayotgani ko'rinib turibdi.

U bilan “Tottenxem”ga qarshi o'ynaganimizni eslayman. Jamoada kimdir paydo bo'lganda unga yordam berish lozim. O'sha bellashuvda unga bir qator holatlarda qanday o'ynash, qachon to'p oshirish va o'z o'yinini ko'rsatishi to'g'risida gapirdim. Bu hisni bilaman – yangi chempionat va klubga ko'chib o'tishni. Vaqt o'tishi bilan yangi jamoaga ko'nikib olasan.


- “Arsenal” yoshlari qanday futbolchilarga aylanishi mumkin?
- Ularning yoshi va “Arsenal”da ekanini hisobga olsak, ular aniq to'g'ri yo'lda. Ular mashg'ulotlarda o'zlarini yaxshi ko'rsatishdi, to'p bilan ajoyib ishlashadi. Aleks Ivobi yaqinda asosiy jamoa uchun o'yinlari bilan meni hayron qoldirdi.i
Yana Serj Gnabri menga juda yoqadi. U g'alaba qozonishni juda xohlaydigan va oldiga aniq maqsad qo'ygan futbolchi. Ular ko'p narsalarga erisha olishadi.

- Xallda zaxirada Reyn-Adelaid va Uillok bilan birga bo'ldingiz. Ularga o'rgatishga harakat qildingizmi?
- Yoshlarga ishonch berish muhim. Buning qanday bo'lishini bilaman, chunki o'zim shu yo'lni bosib o'tganman. Ularga chiroyli futbol ko'rsatishga hech narsa xalal bermasligini aytasan. Lekin ular o'z yo'lini topishlari lozim. Ularning o'ziga ishonishi juda muhim. Men qancha vaqt yordam berishga urinishim ahamiyatga ega emas, agarda ular muvaffaqiyatga erishishlariga o'zlari ishonmasa.

Ular nimaga qodirligini anglashlari zarur. Paytida tajribali o'yinchilar menga o'z o'yinimni namoyish etishim, agar bu o'xshamasa meni qo'llashlarini bildirishgan. Bu menga maydonda katta erkinlik berardi. Hech qachon biror narsani noto'g'ri qilishdan qo'rqmaganman, chunki jamoa meni qo'llab-quvvatlashini bilardim. Maydonga kuchimga ishongan holda chiqardim, chunki ular menga ishonib, yordam berishardi.

- Kim sizga yordam berganini eslaysizmi?
- Albatta. “SHalke”da ko'plab tajribali futbolchilar bor edi - Linkoln, aka-uka Oltinto'plar, Kevin Kurani, Mladen Krstaich. Mendek yosh o'yinchi uchun bunday etakchilarga ega bo'lish juda muhim edi, ular Bundesligada katta tajribaga ega bo'lishgan. Ular menga ishonch bag'ishlashgan.
Haligacha Linkoln bilan aloqani saqlab qolganman, jahon chempionatida paytida uchrashgandik. U ajoyib pleymeyker edi, maydonni yaxshi ko'rib, ajoyib to'plar etkazib berardi.

Menga “SHalke”da shunday futbolchilar bo'lgani, keyin “Verder”la Klaudio Pissaro va Diego bilan o'ynaganimda omad kulib boqqan. Ko'p narsalarni ulardan o'rganganman va bundan minnatdorman. Ulardan o'zlashtirganim “Real”ga o'tish, shu bilan eng yaxshi futbolchilardan o'rganishda davom etishimga yordam berdi.

- Yosh ekaningizda asosiy jamoada mashg'ulot qilish va o'ynash qanday?
- Buni kutib yashaysan. “SHalke”ga kelganimda birinchi jamoa mashg'uloti tugashi bilan bizning mashg'ulot boshlanardi. Ularni maydon chetida yuzlab odamlar kuzatardi, bazida minglab muxlislar. Buni ko'rganimda o'sha maydonda meni ko'rishlarini qanchalik xohlashimni tushunib etganman. Bu maqsad sari yurishimda yordam bergan. “SHalke”da asosiy jamoada mashq qilishni boshlaganimda u Bundesliganing eng yaxshi jamoalaridan biri sanalardi.

- O'sib borishingizda qaysi murabbiylar hal qiluvchi rolda bo'lishgan?
- “SHalke”da bu Norbert Elgert bo'lgan. U futbolda katta narsalarga erisha olishimga meni ishontirgan insondir. Menda potencial borligini bilardim, chunki o'yinimni kuzatgan odamlar shunday deb aytishardi.

Imkoniyating haqida do'stlaring va oila azolaring gapirishsa, buni jiddiy qabul qilmaysan. Lekin “Rot-Vayss”dan “SHalke”ga o'tganimda aynan Norbert meni o'z qanoti ostiga olgan. U taktikani o'rgatdi, hech qachon taslim bo'lmaslik va erishilgan narsa bilan to'xtab qolmaslikni o'rgatdi. Uning men uchun qilgan ishlariga rahmat aytaman. “SHalke” tarbiyalanuvchilariga etibor qilsak, ro'yxat hayratlantiradi. Unda siz Yulian Draksler, Manuel Noyer, meni, Benedikt Xevedes, Ralf Fermann va boshqalarni ko'rasiz. Ular hozir ham iqtidorli yoshlarni tayyorlashda davom etishmoqda.

Birinchi jamoalardagi mutaxassislarga kelsak, doim Tomas SHaafdan minnatdorman. “Verder”da u menga imkon bergan. U o'sha payt Germaniyada eng yaxshi murabbiylardan biri edi va menga ishonch bildirgan. Yana terma jamoa ustozi Yoaxim Lyov ham meni taklif qilib, hozirgacha ishonishda davom etmoqda.
Bungacha 21 yoshlilar termasida Xorst Xrubesh katta yordam bergan. Yana faoliyatimga ijobiy tasir ko'rsatgan Joze Mourino va Arsena Vengerni ham takidlab o'taman.


- Faoliyatingizda qayg'uli vaziyatlarni eslaysizmi?
- Futbolda va hayotda qayg'uli vaziyatlarning bo'lib turishi odatiy hol. Biroq bu seni yakson qilishiga qarab turmaslik kerak, chunki yomon narsalar hayot yo'lingga doim kelib turadi.

Meni oilam va do'stlarim doim qo'llab kelishgan. Ularning etibori tufayli omadsizlikni ancha xotirjam qabul qilaman. Xarakteringda muammo bo'lsa va maydonda barchasi yaxshi ko'rinish olmasa, yaqinlaringning ko'magi senga chalg'ishga yordam beradi. Bu juda muhim.

- O'zingizni qachon professional sifatida his qilgansiz?
- “SHalke”da vaqtimni ajoyib o'tkazganman, u erda debyutim ro'y bergan. Keyin Bremenga ketdim. O'ylashimcha, o'sha o'tish barchasi boshlangan qadam bo'lgandi. Men chinakamiga o'sishni boshladim va bugungi kundagi ijrochiga aylandim.

“Verder” meni ulg'aytirdi. O'z shahrimdan, oilam va do'stlarim bor joydan hech kimni bilmaydigan erga ko'chib ketdim. Odamlar bu narsalarga etibor bermaydi, chunki bu maydondan tashqarida yuz beradi. Bremen professional futbolda haqiqiy birinchi qadamim bo'ldi.

- Futbolchi bo'lishga shubhalangan holatlaringiz bo'lganmi?
- Hech qachon bunga keskin yondoshmaganman, futbol o'ynashdan shunchaki rohat olganman. Har qanday sohada bor kuchimni beradigan insonlar toifasiga kiraman. Menga qo'shicha mashg'ulot va jismonan ishlash kerak emas. Umuman olganda, professional bo'lgunimga qadar buning ustida ishlamaganman.

Tana tuzilishi qanday bo'lishini bilmaganman, bunga etibor qilmaganman. Men o'zimcha futbol muxlisi edi. Menga yoqardi. Maktabga borib, futbol o'ynardim, shundan keyin klub uchun o'ynadim. Tushki birda darslarimni tugatib, kechki 5da futbol o'ynashga klubga borardim. Do'stlarim bilan o'ynagan o'sha paytlarni yaxshi eslayman. Keyin mashg'ulotga borib, ikki soat ishlardik. Kuniga besh soatlab futbol o'ynardim. Yozda kechroq qorong'i tushadi. Do'stlarim o'ynayotganini ko'rib qolsam, ularga borib qo'shilardim. O'yin tufayli bir kunlab vaqtni o'tkazardim. Otam “Rot-Vayss” murabbiyiga borib, o'sha kun o'ynolmasligim, chunki kecha 10 soat do'stlarim bilan to'p tepganimni gapirganini eslayman.

Futbol men uchun hamma narsa bo'lgan. Balki, o'yindan bir kun oldin tungi 11gacha o'ynamasdim, lekin o'zim yoqtirgan narsani qilishga intilardim. Futbol hayotim bo'lgan va shunday bo'lib qolmoqda.

- O'yindan oldin yoki reklamalarda saqich bilan bajargan tryuklaringizni ko'ramiz. Bunga qanday erishgansiz?
- Buni ko'p marta sinab ko'rganman. Bu juda quvnoq ish. Yaqinda buni reklamada amalga oshirdim.


- Futbol o'ynash uchun turli narsalardan foydalanganmisiz?
- Ha, saqich va tennis to'plaridan tashqari basketbol va medbollardan ham, garchi ular 5 kilogrammgacha vaznga ega bo'lsa ham. Bu juda qiyin bo'lgandi. Bazida o'yin tugagach, turli narsalarni ko'rib, ular bilan mashq qilishga tushardim.

- Doim shunday qilganmisiz?
- Hamisha. Yoshligimda biror narsa yotganini ko'rsam, unda jonglyor qilishga intilardim. Dam olish kunlari do'stlarim bilan “Ikki teginish” o'yinini tennis yoki basketbol to'pida o'ynardik. Turli narsalarni o'ynardik va bu juda ajoyib edi.

- Bu texnikangizni rivojlantirishga katta yordam berganmi?
- Bu qandaydir tasir o'tkazgan deb o'ylamayman. Menga o'zimdan kattalarga qarshi o'ynash yordam bergan. Akam va uning do'stlarim bilan o'ynardim, ular mendan 6-7 yosh katta bo'lgan. 11 yoshligimda 17-18 yoshli yigitlarga qarshi to'p tepardim. Ular bilan o'ynash qiyin edi, stadionda bazan toshlar ham chiqib qolardi. To'pni qabul qilishda juda ehtiyotkor bo'lish darkor edi. Aynan shu yordam bergan. Tennis to'pini havoda tepish juda yaxshi, ammo texnikani rivojlantirishga birinchi navbatda “SHalke”da o'ynagan paytim ajoyib maydon tasir ko'rsatgan.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика