Mesut O'zil "Barselona"ga o'tadi?

Alisher
1 okt 2019, 14:40
"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O'zil qishki transferlar oynasi vaqtida Ispaniyaga yo'l olishi mumkin.

30 yoshli germaniyalik futbolchini "Barselona" o'z safiga qo'shib olmoqchi.

"Ko'k-anorranglilar" o'yinchini mavsum oxiriga qadar ijaraga olishni xohlashmoqda.

Eslatib o'tamiz, Mesutning "kanonirlar" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.

U 2010-2013 yillar davomida "Barselona"ning ashaddiy raqibi bo'lmish "Real"da harakat qilgan.

O'zil joriy mavsum APLda atigi 1ta o'yinda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Mirror